39
Savol va topshiriqlar
1. Sodda olmoshlar ishtirokida gaplar
tuzing va ularning imlosini
tushuntiring.
2. Qo‘shma olmoshlar deb nimaga aytiladi?
3. Qo‘shma olmoshlarning imlosi haqida so‘zlang.
86-mashq.
Uyga vazifa. -dir qo‘shimchasi yordamida so‘roq ol-
moshlaridan gumon olmoshlari hosil qiling. Ularning yozilishiga e’tibor
bering.
N a m u n a: Tashqarida nimadir taraqladi.
JUFT VA TAKRORIY OLMOSHLAR.
ULARNING IMLOSI
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi olmoshlarni aniqlang.
Ularning
tarkibi va imlosini tushuntiring.
1. Shu-shu biz qadrdon bo‘lib qoldik. (
Asqad Muxtor) 2. O‘sha
voqealarni eslasam, o‘zimdan o‘zim xursand bo‘lib ketaman.
(
Mirmuhsin) 3. Qanchadan qancha ajdodlarimiz
orzu qilgan kunlar
siz-u bizga nasib etdi. (
I. To‘lakov)
2-topshiriq. Berilgan so‘z va birikmalarning tarkibini aniqlang.
O‘zboshimcha, o‘zbilarmon, manman, sensira (senla), sizla, o‘zidan
ketmoq, o‘ziga kelmoq.
3-topshiriq. Yuqoridagi so‘zlarning ma’nolarini
izohlang va har
biri ishtirokida gaplar tuzing.
Bir-biriga mazmunan yaqin bo‘lgan olmoshlarning
birikuvidan hosil bo‘lgan olmoshlar juft olmoshlar sa-
naladi: sen-men, u-bu, siz-biz.
Bir olmoshning aynan takrorlanishidan hosil bo‘lgan
olmoshlar takroriy olmoshlar hisoblanadi: shu-shu, nima-
nima, kim-kim va hokazo.
Juft va takroriy olmoshlar qismlari chiziqcha bilan
yoziladi.
Olmoshlar boshqa so‘zlarning yasalishiga asos bo‘lishi
Dostları ilə paylaş: