67
Savol va topshiriqlar
1. O‘rin-payt kelishigi shakli deb nimaga aytiladi?
2. O‘rin-payt kelishigidagi so‘zning so‘roqlari haqida so‘zlang.
3.
-da qo‘shimchasi qachon paytni ifodalaydi? Misol keltiring.
142-mashq.
Uyga vazifa. O‘zingiz yoqtirgan badiiy asardan kichik matnni
ko‘chirib yozing. Matndagi o‘rin-payt kelishigi shaklidagi so‘zlarning
talaffuzi va imlosini tushuntiring.
CHIQISH KELISHIGI SHAKLI
1-topshiriq. Berilgan birikmalarda nuqtalar o‘rniga mos kelishik
qo‘shimchalarini qo‘ying.
Toshkent... ketmoq, uzoq... kelmoq, temir... qattiq, shamol... tez,
sahar... ishni boshlamoq, harakatchanligi... muvaffaqiyat qozonmoq.
2-topshiriq. Chiqish kelishigi shaklidagi so‘zning so‘rog‘i va
vazifasini aniqlang.
Chiqish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘-
shilib, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va o‘rin holi
vazifasini bajaradi.
Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob
Dostları ilə paylaş: