Berilgan gaplardagi o‘qish kerak (lozim, darkor, shart) kesimini ega bilan shaxs-sonda moslashtiring. 1. Men o‘qish kerak. (lozim, darkor, shart) 2. Sen o‘qish
kerak. (lozim, darkor, shart) 3. U o‘qish kerak. (lozim, darkor,
shart)
Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, lozim, darkor, shart so‘zlari bo‘lganda, kesimni ega bilan moslashtiruvchi egalik qo‘shimchalari harakat nomiga qo‘shiladi. ♦
♦
♦
♦
♦
148-mashq. Ko‘chiring. Kesimlarning ostiga chizib, uning ega bilan munosabatini bildiruvchi vositalarni aniqlang. Qorabotir yurtning erkasi, jo‘ralarining serkasi edi. Boy edi,
yegani go‘sht-u moy edi. Alp edi, lekin nozik qalb edi...
Oqbotir uning jo‘rasi edi. Jo‘ralari ichida eng g‘o‘rasi edi.
Oqbotir: To‘rt tarafda g‘anim lashkari, Ming yaradan qon
oqur tanda. Do‘st, sen eding ko‘nglim rahbari, Meni bog‘la,
topshir dushmanga. (U. Azimov)
149-mashq. Matnni davom ettiring. Abdulla Avloniyning fikriga qo‘- shilasizmi? Millatga ilm kerak, ma’rifat kerak. (Abdulla Avloniy)
Savol va topshiriqlar 1. Kesim ega bilan qanday moslashadi?
2. -man, -san, -dir qo‘shimchalari kesimga qay tarzda qo‘shiladi?
3. Sanamoq, hisoblamoq, bo‘lmoq, demoq fe’llari ishtirokida gaplar
tuzing va gapning kesimini izohlang.
150-mashq. Uyga vazifa. Kesimi bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq bog‘lamalari yordamida ega bilan bog‘langan uchta gap yozing. Bog‘la- malarning vazifasini tushuntiring. ?
71
? MUSTAHKAMLASH Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Kelishik shakllari deb nimaga aytiladi?
2. Ismlarni kesimga xoslovchi qo‘shimchalar qaysilar?
3. Kelishik qo‘shimchalarining imlosini tushuntiring.