66
!
Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘-
ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning paytini
bildiradi. Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida ke-
ladi.
Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimda? nimada?
so‘roqlariga javob bo‘ladi. Bunday otlar gapda to‘ldiruvchi
vazifasida keladi.
♦
♦
♦
♦
♦
139-mashq.
O‘qing. O‘rin-payt kelishigi shaklidagi so‘zni aniqlang
va uni hokim so‘z bilan birga ko‘chiring. Qanday so‘roqqa javob bo‘la-
yotganini ayting. Sodiq do‘st deganda kimni tushunasiz?
Inson umri davomida o‘ziga sodiq do‘stlar orttiradi. O‘g‘il
ham, qiz ham, kim bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z faoliyatida,
o‘qishda,
mehnatda, uzoq safarda, odamlar orasida o‘ziga fe’li,
muomalasi bilan yoqib qolgan kishi bilan do‘stlashadi.
Do‘stlik nihoyatda nozik bo‘lib, uni asrab-avaylash lozim.
Do‘stlik insonning bolalik davrida boshlanadi.
Bolalikdan
boshlangan do‘stlik odamzodning keyingi ulg‘aygan va kamo-
lotga erishgan davrida orttirgan barcha do‘stlari
orasida alohida
o‘rin tutadi. (
T. Qurbonov)
Dostları ilə paylaş: