68
Ba’zan tushum kelishigi o‘rnida chiqish kelishigi shakli
ishlatilishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum
farq bor. Tushum kelishigidagi so‘z butunni, chiqish
kelishigidagi so‘z qismni bildiradi.
144-mashq.
Nuqtalar o‘rniga kelishik qo‘shimchalaridan mosini qo‘ying,
chiqish kelishigi qo‘shimchasining yozilishini izohlang.
– Bizning qishloq...
ham suv boradimi, amaki? – deb so‘-
rashdi bolalar. – Ha, albatta, – dedi dadam, – qishlog‘imizga
ham bu kanal... ko‘p suv boradi. Dalalar, ko‘chalar, uylardagi
ariqlar... sharqirab suv oqadi. U... keyin,
qarabsizki, paxtamiz
ham mo‘l, uzum-olmamiz ham,
qovun-tarvuzimiz ham serob-
da. (
Hakim Nazir)
145-mashq.
Ko‘chiring. Chiqish kelishigi shaklidagi so‘zning ostiga
chizing. Uning qanday so‘roqqa javob bo‘layotgani va qaysi gap bo‘lagi
vazifasida kelayotganini aniqlang. Qo‘rqoqlik va qo‘rqmaslik haqidagi
fikrlaringizni ayting.
1. Kunlardan bir kun Hakimbek kitob o‘qib o‘tirib, baxildan,
saxiydan gap chiqib qoldi. Boybo‘ribiy shunda o‘g‘li
Alpomish-
dan: – Kishi nimadan baxil bo‘ladi, nimadan saxiy bo‘ladi? –
deb so‘radi. (
«Alpomish»dan) 2. Bugun rostni qo‘yib yolg‘on
gapirgan odam ertaga nima deganini unutganidan rostini aytib
qo‘ya qoladi va shu bilan o‘zini o‘zi beburd qiladi. (
Abdulla
Qahhor) 3. Ilm-u ma’rifatdan lof urish nodonlikdan boshqa
narsa emas,
agar bilsang, nodonlikni bilishning o‘zi ilmdir.
(
Alisher Navoiy) 4. Dushmanlardan qo‘rqma – nari borsa, ular
seni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlardan qo‘rqma – nari borsa,
ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq
– ular seni o‘ldirishmaydi ham,
sotmaydi ham, faqat ularning
jim va beparvo qarab turishlari tufayli yer yuzida xiyonat va
qotilliklar sodir bo‘laveradi. (
«Yuksak ma’naviyat – yengilmas
kuch» asaridan) 5. O‘ylanmasdan gapirishdan ko‘ngilga ozor
yetadi. (
«Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni» kitobidan) 6. Mirzo
Ulug‘bek ko‘zlarini
nomadan uzib, o‘g‘li bilan shayxulislomga