73
Mustaqil so‘zlar
Yordamchi so‘zlar
♦
♦
♦
♦
♦
151-mashq.
O‘qing. Matn tarkibidagi so‘zlarni mustaqil va yordam-
chi so‘zlarga ajratib jadvalga yozing. O‘. Hoshimovning fikriga qo‘-
shilasizmi?
Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan
do‘st bo‘l. Hunarsiz kishida xosiyat bo‘lmaydi.
Mehnatdan,
ilm-u hunar o‘rganishdan uzoqlashma. («
Qobusnoma»
dan)
E’tibor berganmisiz yoki yo‘qmi, bilmadim-ku,
sizning sado-
qatda tengsiz do‘stingiz bor. Qachon xohlasangiz,
siz bilan
hamsuhbat bo‘ladi. Shod paytingizda quvonchingizga
quvonch qo‘shadi. G‘amgin pallada dardingizni oladi.
Bilmaganingizni o‘rgatadi. Adashsangiz, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsa-
tadi. Yaqin kishilaringiz burilib
ketganda ham u sizni tark
etmaydi. Xizmati uchun hech nima tama qilmaydi. Yillab
unutib, tashlab qo‘ysangiz, indamaydi.
Hatto uloqtirib yubor-
sangiz ham, arazlamaydi. Tag‘in chorlasangiz,
yetib kelib,
xizmatingizni qilaveradi... Bu do‘stning nomi – Kitob!
(
O‘. Hoshimov)
152-mashq.
Dostları ilə paylaş: