30
Boshlovchi koʻrsatmasiga binoan uning oʻng
yoki chap tomonida turgan
ishtirokchilardan bittasi oʻz ismini aytadi. Ikkinchisi esa birinchi ishtirokchining va
oʻzining ismini aytadi. Uchinchi ishtirokchi esa birinchi, ikkinchi ishtirokchining va
oʻzining ismini aytadi. SHu tariqa oxirigacha davom etadi. Oxirgi ishtirokchi
birinchi ishtirokchidan boshlab to guruh ahzolarining hammasini va oʻzining ismini
aytadi. Guruh ahzolarining bir-biri bilan tanishishi ana shu tarzda amalga oshadi.
Ikkinchi turda har bir ishtirokchi oʻziga taxallus (gul, meva, badiiy qahramon,
planetalar nomi kabi) oʻylab topib, keyin oʻsha taxallus boʻyicha oʻzini tanishtiradi.
Bu mashq
ham shaxslararo chiniqish, xotirani mustahkamlash,
emotsional
tanglikning oldini olish maqsadida xizmat qilishi mumkin.
"Olma"
Qatnashuvchilar davra koʻrib oʻtiradilar. Boshlovchi "Mening ismim... Men
...ni yaxshi koʻraman (xohlagan narsa yoki kishini aytishi mumkin)", — deydi va
olma (koptok)ni biron kishiga qarab otadi. Olma (koptok)ni
ilib olgan ishtirokchi
ham oʻz navbatida oʻzini shunday tanishtiradi va koptokni boshqa ishtirokchiga
uzatadi. Oʻyin barcha ishtirokchilar oʻzlarini tanishtirib boʻlgunlariga qadar davom
etadi.
Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytilishi mumkin boʻlgan jumlalar:
Men ... yaxshi koʻraman (kishini ismi xam boʻlishi mumkin).
Bolaligimda yaxshi koʻrgan ovqatim ... (kasha) edi.
Men yoqtiradigan rang (gul yoki meva) — ...
"Ismlar — fazilatlar"
Bu oʻyin guruh ishtirokchilarining kayfiyatini koʻtarish,
ishtirokchilar
oʻzlarini erkin his qilishlari uchun tashkil qilinadi.
Har bir ishtirokchi biron-bir ismning birinchi harfi bilan boshlanadigan
shaxsning
ijobiy xarakter xususiyati, kishi fazilati nomini aytish lozim (Masalan,
Rashid — rostgoʻylik, Murod — mardlik va hokazo).