See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/37
tarix14.03.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#87850
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Trening ma\'lumoti

 
Ikki qoʻllab koʻrishish 


27 
Ishtirokchilarning hammasi doira shaklida oʻtirishadi. Qoʻllar bir-biriga 
birlashtirilgan boʻladi. Ishtirokchilar birvarakayiga xohlagan tomonidagi (chap yoki 
oʻng yonidagi) kishiga salomlashish uchun qoʻshqoʻllab qoʻl uzatadi. Unisi esa 
qoʻllarini yonidagisiga uzatishi mumkin va birinchi ishtirokchiga navbat yetgunicha 
shu holda davom etadi. SHunday qilib bir nechta mos kelmaslik holati kuzatilishi 
tabiiy. Ana shunda qanaqangi qiy-chuv koʻtarilishini koʻrasiz! 
Bu oʻyinni bir necha bor takrorlash nafas rostlash va tinchlanish uchun 
foydalidir. 
Aziz mehmon oʻyini 
Maqsad: a) shaxsning va xususan, protogonist (mehmon) shaxsining guruh 
tomonidan hurmat qilinishini tasdiqlash; b) guruhda odam bilan muomala qilish 
sanhatini shakllantirish; v) bevosita (oʻyinni amalga oshirish orqali) guruhdagi ayrim 
ishtirokchilarning protogonistga nisbatan salbiy munosabatini shakllantirish. 
Bu oʻyinda protogonist sifatida guruhdagi eng koʻzga tashlanmaydigan, sust 
oʻsmir tanlanadi. 
Boshlovchi oʻyinning mohiyatini quyidagicha tushuntiradi: "Hozir bir kishi 
tashqariga chiqib, to uni chaqirmagunimizcha eshik orqasida kutib turadi. 
Qolganlardan 7 kishini biz har bir oʻyin qatnashchilarining ishtirokini va xulq-
atvorini baholash uchun (5 balli sistemada) hakam sifatida saylaymiz. Vazifangiz 
nimadan iboratligini aytib oling: eshik ortidagi kishi — bizning eng aziz 
mehmonimiz. Tasavvur qiling, u bizning respublikamiz uchun doʻst mamlakat 
boʻlgan AQSH davlatining vakili bulib, Oʻzbekiston va Amerika oʻrtasida 
mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish uchun tashrif buyurgan. Ishtirokchilardan 
biri mehmonni chaqiradi, shu bilan birga unga hamrohlik va tarjimonlik ham qiladi. 
Qolgan ishtirokchilarning har biri mehmon bilan koʻrishishga, undan nimanidir 
soʻrashga, unga nimalarnidir gapirib berishga harakat qilishi kerak, chunki mehmon 
zerikib qolmasligi kerak. Hakam ahzolarining vazifasi: qatnashchilarning ishtirokini 
kuzatib 
borib, 
kimda-kim 
mehmon 
bilan 
quruq, 
betakalluf, 
soxta, 
xushomadgoʻylarcha va odobsizlarcha munosabatda boʻlsa, ularning ballarini 
tushirishdan iborat. Odobsizlar va ballari past boʻlganlar oʻyindan chiqariladi. 


28 
Hakamlar har bir ishtirokchining oʻrtacha bahosiga qarab, uning oʻzaro munosabatga 
kirishish qobiliyatiga baho beradilar". 
Boshlovchi ham ishtirokchilar bilan birgalikda hakam ahzolarini, xamrohlik 
qiluvchi (tarjimon)ni va "mehmon"ni tanlaydi. Xamrohlik qiluvchi xonadan chiqib 
ketadi va bir pasdan soʻng "mehmon"ni boshlab kiradi. Ishtirokchilar protogonistni 
doira shaklida oʻrab oladilar va uning atrofida kim qanday istasa shundayligicha 
oʻtiradilar. U bilan gaplashishning navbatma-navbatligi shart emas, muhimi har bir 
ishtirokchi u bilan munosabatga kirishishi kerak. 
Oldindan mahlum boʻlgan kulguli narsalar (mehmon bilan "chet tilida 
gaplashish" va muloqotning odatlanilmagan usuli) oʻyinga zavq bagʻishlaydi, kulgu 
uygʻotadi, lekin tahkidlangan jiddiylik yoʻqolmaydi. Tajribalarda koʻrinishicha, 
protogonist bilan muloqotda boʻluvchi shaxslar oʻz munosabatlarida xazilomuz, 
kulguli harakatlarni ham qoʻllaydilar. Bunda ishtirokchilar, hatto hakamlar 
tomonidan ballar kamaytirilishi ehtimolini ham unutib qoʻyadilar. SHunday vaziyat 
kuzatilganda, oʻyin nihoyasida boshlovchi ishtirokchilarning bu xil (nooʻrin) 
harakatlarini yengilgina boʻlsa xam tahkidlab oʻtishi kerak. 
Mehmon nomiga aytilayotgan olqishlar haqida oldindan boshqotirib oʻtirish 
shart emas, balki ishtirokchilar buni oʻyin jarayonida oʻylab topishlariga imkoniyat 
yaratish kerak. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin