See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/37
tarix14.03.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#87850
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Trening ma\'lumoti

"Avtobusda" oʻyini 
Maqsad: Oʻquvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo 
munosabatlarni ijobiy rivojlantirish. 
Ishtirokchilardan biri avtobusdagi bezori rolini oʻynaydi, qolganlar esa 
yoʻlovchilar. Bezori avtobusdagi ikkita oʻrindiqni egallab olib, biriga oʻzi oʻtiribdi, 
biriga esa magnitofonini qolgan. U hech kimga joy bermoqchi emas. 
Yulovchilardan har biri bezori bilan til topishib uning yoniga oʻtirishga 
harakat qilib koʻrishi kerak. SHart shuki — maqsadga janjalsiz erishish lozim. 


26 
"Avlodlar oʻrtasidagi nizo" oʻyini 
 
Maqsad: Oʻquvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo 
munosabatlarni ijobiy rivojlantirish. 
Bunda uch kishi ishtirok etadi — yigit, qiz va katta yoshli odam. Avlodlar 
oʻrtasida " Eh, hozirgi yoshlar..." qabilida taqlid uyushtiriladi. Yigit va qizning 
vazifasi: imkon boricha xushmuomalalik bilan nizodan qochish. Jyuri ahzolari har 
bir oʻquvchining harakatini baholab boradi. 
 
"Orqadagi yozuvlar" 
Ishtirokchilarning 
orqalariga 
varaq 
mahkamlab 
qoʻyiladi. Hamma 
ishtirokchilar xonada xohlagan odamining oldiga borib uning orqasidagi qogʻozga 
bu odamning nimasi oʻziga yoqishini yozishi kerak. Vazifani mukammallashtirish 
ham mumkin. Masalan, oʻsha odamda nimani oʻzgartirishni xohlashini yozishi 
mumkin. 
 
Informatsiyani (mahlumotni) soʻzsiz uzatish 
Bu oʻyinda boshlovchi yoʻnaltirib turuvchi rolini bajaradi. Boshlovchi 
shunday tushuntirish beradi: "Hozir bir kishi xonadan tashqariga chiqib turadi, 
qolganlar esa unga qanaqa mahlumotni aytish lozimligi haqida kelishib olishadi. 
Men uni chaqiraman, shunda butun guruh imo-ishora, turli qiliqlar va yuz harakatlari 
bilan unga shu informatsiyani uzatishga harakat qilishadi. CHaqirilgan odamning 
vazifasi — guruh unga aytmoqchi boʻlayotgan mahlumotni anglab olishdan iborat". 
Boshlovchiga eslatma: Odatda, oʻsmirlar oʻyin muhitidan nojoʻya xatti-
harakatlarni bajarish uchun bahona sifatida foydalanishlari mumkin. Albatta, bu 
oʻyinda nojoʻya harakatlar boʻlishi tabiiy, lekin kimki vaziyatdan shoʻxlik va hazil-
huzul uchun foydalanmoqchi boʻlsa, uni oʻynayotgan guruhinng oʻzi tartibga keltirib 
qoʻyishi kerak. Bu usulning muhim tahsir kuchiga egaligini hisobga olib, uni 
jamoatchilikdan holi va shovqin kam boʻlgan maxsus xonalarda oʻtkazish maqsadga 
muvofiqdir. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin