29
komponentlarni: imo-ishoralar, mimika (yuz ifodasi) va ixtiyorsiz tana harakatlarini
muloqotga kirishayotgan har qanday odamda kuzatish mumkin. Bu xil
komponentlarni zehn bilan kuzatish va tushunish natijasida koʻpincha
suhbatdoshimiz ayta olmaydigan mayl, istaklari
haqida mahlumot olishimiz
mumkin. Bu xil harakatlarni kuzata olish qobiilyati inson ichki olamida yuzaga
kelayotgan noroziliklarni oldindan sezish, suhbatdoshini "yarimta" gapidan tushuna
olish imkoniyatini beradi. Natijada, muloqot jarayonida
bu xil omillarni hisobga
olish bu jarayonni ancha yengillashtiradi va oʻzaro tushunish hissini keltirib
chiqaradi.
Oʻquvchilarda bu xil bilimlarni mustahkamlash uchun quyidagi mashq taklif
etiladi. Oʻquvchilar ikki qator boʻlib bir-birlariga qarama-qarshi holda yuzma-yuz
turadilar. Har bir oʻquvchi qarshisidagi sherigi bilan mashqni bajaradi.
Yuriqnoma:
Tasavvur kiling, sizlar qarama-qarshi tomonlarga ketayotgan
avtobusda ketayapsizlar, avtobus oynasida
boshaa avtobusda ketayotgan
tanishingizni koʻrib qoldingiz. Birinchi guruhdagilar sizlarning ysha tanishingizga
biron zarur, muxim gapingiz bor. Imo-ishora orqali unga oʻz fikringizni
tushuntirishingiz kerak.
Ikkinchi guruhdagilar, sizlar oʻz suhbatdoshingizni imo-
ishorasidan nima demoqchi ekanligini tushunib olishingiz kerak.
Oʻquvchilar mashqni bajarib boʻlganlaridan soʻng boshlovchi har bir guruh
ishtirokchilariga quyidagi savol bilan murojaat kiladi: SHerigingiz bermoqchi
boʻlgan mahlumotdan nimani tushundingiz? Ikkinchi guruxdagilarga esa "Siz aslida
nima demoqchi edingiz?", deb soʻraladi. Natijalar solishtirib chiqiladi va noverbal
imo-ishora va xatti-harakatlar individal xususiyatga ega boʻlishi bilan birga umumiy
tomonlarga ham egaligi tahkidlab oʻtiladi.
Muloqot davomida bu jarayon
ishtirokchilarning nafaqat soʻzlari balki, xatti-harakatlari, yuz ifodasi,
tovushidagi intonatsiyalarni uqiy olish zarurligi xaqida xulosa chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: