43
Juftlikdagi ikkinchi qatnashchi esa soʻrov mazmuni doirasidan tashqari oʻzi
haqidagi qoʻshimcha mahlumotlarni qoʻshgan holda kengroq javob berishga harakat
qiladi. (Masalan: «Men talabalar yotoqxonasidagi xonada ikkita hamxonam bilan
birga turaman»). Qatnashchilar 5 minut davomida navbati bilan ochiq savollar berish
va unga erkin tarzda batafsil javob qaytarishni mashq qilishadi.
Ikkinchi bosqichda juftliklardagi bir qatnashchi koʻngilli
tarzda erkin
axborotlar yoki shaxsiy tajribasi asosidagi mulohazalari qida gapira boshlaydi.
Ikkinchi qatnashchi esa teskari aloqani tahminlab,
mahlum axborotlarni
tushuntirishni soʻraydi, suhbatdoshning soʻzlarini qaytarib, mavzuga boʻlgan diqqat
ehtiborini namoyish etadi va iloji boricha suhbatni choʻzishga harakat qiladi.
Boshqacha qilib aytganda suhbatdoshni diqqat bilan tinglayotganligini
namoyon etadi. Suhbatdoshning soʻzlarini qaytarib soʻralishi,
uning fikr-
mulohazalarini verbal va noverbal vositalar yordamida mahqullab turilishi
boshqalarning siz tomoningizdan eshitilayotganligi va toʻgʻri tushinilayotganligini
tekshirish imkonini beradi. 5 minutdan soʻng sheriklar oʻrin almashadilar.
Ikkala bosqich orasida juftliklar oʻz
kechinmalari va duch kelgan
qiyinchiliklar haqidagi mulohazalari bilan oʻrtoqlashadilar.
Dostları ilə paylaş: