35
davom etaveradi. Davraning hamma ishtirokchilari bir xildagi barmoqlar sonini
tashlaganda mashq tugagan hisoblanadi.
Mashqlar turlicha oʻtishi mumkin. Bahzan guruhga
vazifa yechilmaguncha
oʻttiz martagacha takrorlash talab qilinadi, bahzan toʻrt-besh marta yetarli boʻladi.
Har qanday holatda ham, mashq muhokama qilish uchun boy mahlumotlar beradi.
36
Kasbiy muomala malaka va koʻnikmalarini rivojlantirishga
moʻljallangan «Ijtimoiy-psixologik trening» dasturi
1
Kirish
Ijtimoiy-psixologik trening qatnashchilarda kasbiy muomala malaka va
koʻnikmalarini
rivojlantirish, boshqalar bilan samarali kommunikativ aloqalar
oʻrnatish
qobiliyatini oshirishga, hamkorlikka xalaqit beruvchi ichki toʻsiqlarni
yengib oʻtishga va oʻz shaxsiy sifatlarini anglashga yordam beradi. Mashgʻulotlar 2-
3 soatga moʻljallangan boʻlib 1 oy vaqt davomida oʻtkaziladi.
Mazkur kurs 10 ta mashgʻulotdan iborat boʻlib, har bir mashgʻulot kirish va
xotima qism sifatidagi «salomlashish» hamda «xayrlashuv» anhanalari hamda
oddiydan murakkabga tomon rivojlanib boruvchi trening mashgʻulotlarini oʻz ichiga
oladi. Bundan tashqari «tanishuv» treninggi butun trening
kursi davomida turli
maqsadlarni koʻzlovchi vosita sifatida har bir mashgʻulot ichiga singdirilgan.
Ijtimoiy-psixologik trening guruhning bosqichma-bosqich rivojlanishi hamda guruh
ahzolarining oʻz-oʻzini tushunib yetishi printsiplari asosida qurilgan. Har bir
uchrashuv oldingisining mantiqiy davomi boʻlib hisoblanadi. Mashgʻulot guruhda
oʻzaro ishonch muhitini yaratishga imkon beruvchi mashqlardan boshlanadi.
Uchrashuv soʻngida qatnashchilar bilan mashgʻulotdan
olingan tahsurotlar
hamda oʻzlashtirilgan malaka va koʻnikmalar boʻyicha natijalar muhokama etiladi.
Trening natijalarini baholash hamda trening samaradorligini oʻrganish maqsadida
qatnashchilar bilan treningdan oldin va undan keyin
kommunikativ qobiliyatlarni
baholash testi oʻtkaziladi. SHuningdek, trening qatnashchilarining mashgʻulotlardan
oldin va undan keyin «Oʻz-oʻzini baholash» anketalarini toʻldirishlari yordamida
shaxsiy xususiyatlar va qatnashchilar «men»ligida yuzaga kelgan oʻzgarishlarni
aniqlash mumkin.
1
Ijtimoiy psixologik trenig dasturi psixologiya fanlari nomzodi I.Aslonov tomonidan 2015 yilda ishlab chiqilgan.