40
Boshqa qatnashchilar aniqlash uchun savollar berishlari mumkin. Guruh rahbarining
vazifasi guruhdagi oʻzaro ishonch muhitini buzadigan savollar berilishiga yoʻl
qoʻymaslik.
Maqsad: trening qatnashchilarining oʻz individual xususiyatlarini anglashlari,
guruhning boshqa ahzolari bilan tanishish.
4.
«Men kimman?» – trening qatnashchilari oʻzlarini 10 ta qisqa tezislarda
tavsiflaydilar. Ular oʻz nuqtai nazarlarida oʻzlarining
individualliklarini tashkil
etadigan har qanday mahlumot haqida axborot berishlari mumkin. Har bir misra «
Men …», deb boshlanadi, soʻngra atrofdagilarga yetkazmoqchi boʻlgan
fikrlar
bayon etiladi.
Har bir band bir necha parametrlar boʻyicha qarab chiqiladi: salbiy yoki ijobiy
mulohazalar; shaxsiy yoki ijtimoiy (qatnashchi oʻz xarakteri qirrasi haqida
gapirayaptimi, yoki oʻz ijtimoiy roli haqida fikr yuritayaptimi?); oʻtgan zamon –
hozir zamon – kelajak zamon (mazkur mulohazalar shaxs hayotining
qaysi davriga
oidligi).
Maqsad: oʻz ichki resurslari va holatlari analizi malakasini egallash.
5.
«Xayrlashuv an’anasi » – Qatnashchilar doira shaklida oʻtirishadi. Har bir
qatnashchi oʻz yonida oʻtirgan sherigi bilan xayrlashadi va unga ezgu tilaklar tilaydi.
Maqsad: guruhdagi muhitni yaxshilash, mashgʻulot
haqida iliq xotiralar
qolishini tahminlash.
41
3 – MASHGʻULOT
1. Salomlashish an’anasi .
2.
«Tanishuv» – Har bir trening qatnashchisi kun davomida u bilan sodir
boʻlgan bitta ijobiy va bitta salbiy voqeani aytadi.
Maqsad: oʻtgan
kun analizi, paydo boʻlgan muammolar haqida mulohaza
yuritish, kun davomidagi
ijobiy onlarni anglash, qayd etish. U yoki bu voqeaga
nisbatan oʻz reaktsiyasi haqida boshqalarga axborot berish.
3.
«Birinchi tahsurot» – Qatnashchilar odamlar orasida uni birinchi marta
koʻrayotgan kishilar uchun oʻzlarini tavsiflaydilar. Guruh ahzolarining oʻz
xatti-
harakati, holati, oʻrni, imo-ishora (jest) va mimikasi haqida yozishlari soʻraladi.
Maqsad: tashqi belgilar orqali oʻz ichki holatini anglash,
boshqalarni tashqi
belgilariga qarab «oʻqish» qobiliyatini rivojlantirish.
4.
«Birinchi tahsurot» – Guruhda
oldingi mashq muhokama etiladi. Guruh
ahzolari bir-birlari haqidagi birinchi tahsurot haqida suhbatlashadilar.
Maqsad: Trening qatnashchilari orasida «teskari aloqa»ni oʻrnatish, oʻzida
birinchi uchrashuvda kishi xarakterini bilish qobiliyati mavjudligini anglash.
5.
«Yuzma – yuz» – Guruh ahzolari juftlarga boʻlinadilar va 3-5 minut
oraligʻida bir-birlarining koʻzlariga tikilishadi, ular mashqdagi sherigining bolalikda
qanday boʻlganligini tasavvur qilishga harakat qilishadi. Soʻngra taassurotlar bilan
oʻrtoqlashib, oʻz tasavvurlarining toʻgʻriligini tekshirib koʻrishadi.
Maqsad: trening qatnashchilarida shaxslararo aloqa oʻrnatish,
ayni paytda
vujudga kelayotgan qiyinchiliklarga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan bolalik
xotiralariga qaytish.
6.
«Xayrlashuv an’anasi ».