1. Salomlashish an’anasi .
2. «Tanishuv» – Har bir qatnashchi oʻz nuqtai nazaridagi qahramonlarga bitta
salbiy, bitta ijobiy misol aytadi.
Maqsad: oʻz baho mehyorlari analizi, va ular haqida boshqa guruh ahzolariga
axborot berish.
3. «Oʻzgaga ehtibor» – Qatnashchilar tashqi (A) va ichki (B) doira hosil
qilishadi. A doiradagi qatnashchi B doiradagi sherigining biror bir sifatini ijobiy
baholaydi. U esa A qatordagi sherigi aytgan gapni takrorlaydi va oʻzidan qoʻshimcha
qiladi, masalan, quyidagi mazmunda: «Bundan tashqari, men …» Soʻngra
qatnashchilar bitta odamga suriladilar va muloqotdagi sheriklarini almashtiradilar.
Mazkur holat barcha qatnashchilar bilan soʻzlashib chiqqanlaricha davom etadi.
Keyin A va B qatorlar joy almashishlari mumkin.
Maqsad:Pozitiv tafakkur malakasini rivojlantirish. Maqtovni qabul qilish
koʻnikmasi, «teskari aloqa».
5. «Avtopilot» – Guruh qatnashchilari oʻzlarining qanday boʻlishni
xoxlashlari, oʻzlarini qanday tutishlari va boshqalarga nisbatan qanday
munosabatda boʻlishlari toʻgʻrisida fikrlaydilar. SHundan kelib chiqqan holda,
oʻzlari uchun mahlum mahnodagi «avtopilot» dasturini tuzadilar. Masalan: «Men
oʻzimga ishonaman; men oqkoʻngilman». Dastur tuzib boʻlingandan keyin har bir
qatnashchi uni ovoz chiqarib oʻqib beradi. Dastur guruh ahzolarida uning muallifi
aynan shunday ekanligiga ishonch uygʻotishi kerak.
Maqsad: Oʻz intilishlarini tushunib yetish, oʻz kuchiga ishonchning ortishi.
5. «Xayrlashuv an’anasi ».
46
7– MASHGʻULOT
1. Salomlashish an’anasi .
2. «Tanishuv» – Har bir qatnashchi insonlardagi oʻzi xush koʻrgan va
xushlamaydigan sifatlarni aytadi.