Maqsad: eshitish xotirasini rivojlantirish, muomaladagi sherikni tinglash
qobiliyatini rivojlantirish.
6. «Xayrlashuv an’anasi ». 8– MASHGʻULOT
1. Salomlashish an’anasi .
2. «Tanishuv» – Har bir guruh ahzosi oʻzi olgan bitta yoqimli va bitta yoqimsiz
sovgʻa haqida gapirib beradi.
Maqsad: oʻz muomala tajribasini analiz qilish, bir vaqtlar qabul qilingan
sovgʻalarga nisbatan munosabatni oʻzgartirish, guruh ahzolariga oʻz ehtiyojlari
haqida axborot berish.
3. «Portret» – har bir qatnashchi guruh ahzolari orasidan oʻzi uchun «obhekt»
tanlaydi va uning xarakteri, xatti-harakatlari odatlarini bayon etuvchi psixologik
portretini yaratadi. Psixologik portretlar yigʻib olinib, guruh ahzolariga boshlovchi
tomonidan oʻqib beriladi. Guruh ahzolari ushbu portretlarda tasvirlangan kishining
kim ekanligini topishlari lozim boʻladi.
Maqsad:Guruhdagi oʻzaro tanlovlarni aniqlash, teskari aloqani tahminlash,
oʻzga odam xarakterini oʻrganish malakasini rivojlantirish.
4. «Men kimman?» – qatnashchilar boshlovchi bergan savollarga yozma
ravishda javob beradilar. Yozuvli varoqlarni boshlovchi yigʻib oladi va bir-ma bir
ovoz chiqarib oʻqiydi. Qatnashchilar yozilgan xarakteristikalarga qarab, ularni kim
yozganligini aniqlaydilar.
Taklif etilgan savollar:
1. Sening sevimli maqoling yoki sen sevib takrorlaydigan ibora?
2. Gapni davom ettir: «Agar menga baqirishsa, …».
3. Nima bilan bajonudil shugʻullanishni xoxlarding?
48
4. Nimaga qarash sen uchun yoqimli?
5. Nimani tinglashni xush koʻrasan?
6. Qanday tuygʻuni his etish sen uchun maroqli?
Maqsad: oʻz xarakter xususiyatlari va odatlarini anglash, atrofdagilarning
xatti-harakatlari va odatlariga qarab ularning sifatlarini analiz qila olish malakasini
rivojlantirish.
7. «Xayrlashuv an’anasi ». 9– MASHGʻULOT