52
MUOMALA MALAKASINI BAHOLASH
TESTLARI
Mixelg’sonning kommunikativ malakalarni baholash testi
Muallif: L. Mixelg’son. (Yu. Z. Gilg’bux adaptatsiyasi, muallif tarjimasi).
Maqsad: Kommunikativ layoqatlilik darajasini va asosiy kommunikativ malakalar
shakllanishi sifatini aniqlash.
Yoʻriqnoma: Qatnashchidan har bir bayon etilgan vaziyatni diqqat bilan oʻqish va
bitta xatti-harakat variantini tanlash soʻraladi. Ushbu xatti-harakat Siz uchun
haqiqatan eng mos xarakterli xususiyat boʻlishi, bunday vaziyatlarda oʻzingizni
qanday tutishingiz
zarurligi emas balki, mazkur vaziyatlardagi haqiqiy xatti-
harakatingizni bayon etishingiz muhimdir.
Test savollari:
1. Kimdir Sizga: - «Menimcha Siz ajoyib odamsiz» - deydi. Siz bunday vaziyatlarda
odatda:
a) «Yoʻgʻe, nimalar deyapsiz! Unaqa emas» – deysiz.
b) «Rahmat, men haqiqatan ham buyuk odamman» – deysiz, kulib.
v) «Raxmat» – deysiz.
g)
Hech narsa demaysiz, ammo qizarasiz.
d) «Ha, boshqalardan yaxshi tomonlarim bilan farq qilaman, deb oʻylayman» –
deysiz.
2. Kimdir Sizning nazdingizda ajoyib ishni yoki xatti-harakatni amalga oshiradi. Siz
bunday vaziyatlarda odatda:
a) Oʻzingizni bu ish u qadar ajoyib emasday tutasiz va «Boʻladi» - deysiz.
b) «Bu
ish haqiqatan ahlo darajada, ammo men bundan ham zoʻrlarini
koʻrganman» – deysiz.
v) Hech narsa demaysiz.
g) «Men bundan ham yaxshiroq bajarishim mumkin edi» – deysiz.
d) «Bu ish haqiqatan ham ajoyib!» – deysiz.
53
3. Siz oʻzingizga yoqadigan ish bilan mashgʻulsiz va bu ishni yaxshi uddalashingizga
ishonasiz. Kimdir: «Menga bu ish yoqmadi» - deydi. Siz bunday vaziyatlarda
odatda:
a) «Siz toʻnkasiz» - deysiz.
b) «Men bu ishni yaxshiroq bahoga loyiq deb oʻylayman» - deysiz.
v) «Siz haqsiz, lekin aslida men boshqacha fikrdaman» - deysiz.
g) «Men buni eng yuqori daraja, deb hisoblayman. Siz nimani ham tushunardingiz»
- deysiz.
d) Oʻzingizni ranjigan sezasiz, unga hech narsa deb javob qaytarmaysiz.
4. Siz olib keldim deb oʻylagan narsangizni aslida unitib qoldirganingiz mahlum
boʻldi. Kimdir Sizga: «Qanaqa merovsiz, agar yelkangizga yopishtirib
qoʻyilmaganida boshingizni ham unitib qoldirardingiz» - deydi. Siz bunday
vaziyatlarda odatda:
a) «Har qalay sizdan koʻra esliroq boʻlsam kerak.
Bundan tashqari, Siz buni
tushunarmidingiz» - deysiz.
b) «Ha, Siz haqsiz. Gohida men oʻzimni shunaqa tutaman» - deysiz.
v) «Agar kimdir merov boʻlsa, bu Sizsiz!» - deysiz.
g) «Hammadayam kamchilik boʻlishi mumkin. Men faqat biror narsani unutganim
tufayligina bunday bahoga loyiq boʻlishim notoʻgʻri» - deysiz.
d) Hech narsa demaysiz va umuman bu mulohazani ehtiborga olmaysiz.
Dostları ilə paylaş: