49
Qathiy hatti-harakat esa quyidagicha aks etadi: «Sen bugun pulni
qaytarishingni
kelishib oluvdik, deb oʻylagandim. Juma kunigacha pulni olib
kelsang sendan minnaddor boʻlardim».
Har bir qatnashchi birgina savol variantini taklif qilsa ham,
barcha
qatnashchilarni mashgʻulotga jalb etish lozim. Mahlum bir vaziyat har bir
qatnashchiga tadbiq etiladi.
Vaziyatlarning rolli ijrosi qatnashchilarning hayotiy faoliyatlarida uchragan
tanish kishilarning agressiv, dadil, ishonchsiz xatti-harakatlariga taqlid qilishlariga
imkon yaratadi. Noverbal xatti-harakatlar
ham xuddi verbal vositalardek,
muloqotdagi sherikning holatini aks ettirishi yodda tutilmogʻi lozim. Ovoz toni,
pauzalar, yuz ifodalari soʻzlarga mos kelishiga alohida diqqatni qaratish lozim.
Guruh rahbari yoki guruh qatnashchilari tomonidan qayd etilgan
vaziyatlardan yoki quyidagi vaziyatlardan foydalanish mumkin:
Oʻrtogʻingiz siz bilan maslahatlashmasdan
notanish kishi bilan sizni
uchrashtirdi. Siz oʻrtogʻingizga murojaat etib….(sizning xatti-harakatingiz).
Siz ketishni xohlayapsiz ammo, doʻstingiz sizni gap bilan ovvora
qilayapti….(sizning xatti-harakatingiz).
Siz yoqimtoy qiz (yoki yigit) ning sizga qiziqayotganligini sezib qoldingiz.
Siz uning yoniga borib, murojaat etasiz ….(sizning xatti-harakatingiz).
Oʻrtogʻingiz koʻpchilik oldida siz haqingizda gapirib, sizni uyaltirayapti. Siz
unga nima deysiz… (sizning xatti-harakatingiz) va hokazo.
Dostları ilə paylaş: