38
munosabatini bildirish abstrakt tarzda emas, balki oʻz-oʻzini tushunish va oʻz-oʻzini
rivojlantirish jarayonlarini mujassam etgan holda kechadi.
4. «SHu yerda va hozir» tamoyili
: Garchi biror qatnashchi oʻz hayotida
«oʻshanda va oʻsha yerda» sodir boʻlgan
muammo haqida gapirib, «oʻshanda va
oʻsha yerda» bu xususda koʻnglida kechgan tuygʻular haqida gapirmasin baribir
uning «SHu yerda va hozir» his etayotgan tuygʻulari asosiy va muhim hisoblanadi.
5. Oʻzaro ishonch asosidagi muloqot
: Guruhda faqatgina oʻzaro ishonchga
asoslangan, bir-biriga xayrixoxlik muhitigina muhokama etilayotgan masalalar
boʻyicha ochiq mulohazalar bildirilishiga sharoit yaratadi. Guruhda zarur darajada
ishonchga asoslangan psixologik iqlimni tahminlash
guruh rahbarining asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi.
6. Emotsional ochiqlik tamoyili
: Qatnashchilar «shu yerda va hozir» his
etayotgan tuygʻu va kechinmalarini guruh qatnashchilari ehtiboriga shunday havola
etishlari zarurki, ushbu tuygʻu va kechinmalar guruhiy tajriba mulkiga aylanishi
lozim.
7. «Men – mulohaza» tamoyili
:
Oʻz tuygʻu va kechinmalarini faqat
«Men - axbarot» shaklida bayon etish va doimo oʻz nomidan gapirish: «Men his
etamanki…..», «Menimcha…….», «Men oʻylaymanki, ….» va hokazo.
Mashgʻulot olib boruvchi «Hammamizga mahlumki, …», «Har
birimiz
bilamizki….», «Hamma shunday deb oʻylaydiki, …» kabi iboralar ishlatgan
qatnashchilarni ehtiyotkorlik bilan «Aytmoqchisanki, (sen) senga …» kabi iboralar
bilan tuzatishga harakat qilishi lozim.
8. SHaxsiy javobgarlik tamoyili
: Guruhning har bir ahzosi mashgʻulot
jarayonida u bilan kechadigan hodisalar uchun javobgarlikni zimmasiga oladi va
boshqa ahzolarga nisbatan suveren shaxs sifatida munosabatda boʻladi. Guruh
ishining natijalari uning har bir ahzoning shaxsiy natijasidir. SHaxsiy hissa qoʻshish
printsipi quyidagi mazmunga ega boʻladi: Guruhiy jarayonga qancha koʻp
qatnashsang, shuncha koʻp
teskari aloqaga, oʻz ustingda ishlash uchun koʻproq
materialga ega boʻlasan.
39
9. Konfedentsiallik tamoyili
: Guruhda kechadigan voqealarni, guruh
qatnashchilari haqidagi mulohazalarni mashgʻulotda qatnashmayotgan kishilar bilan
muhokama qilmaslik, sir tutish. Faqat oʻz harakatlari
va kechinmalar haqidagi
gapirish mumkin.
10. Erkin tanlov tamoyili
: Bu tamoyil qatnashchilari mashgʻulotga koʻngilli
ravishda oʻz hoxishlari bilan qatnashishlarini anglatadi. Qatnashchilarning oʻzlari
guruhdan chiqish masalasini hal etishlari muhimdir.
Tashkiliy mashgʻulot davomida guruh qatnashchilari boshqalarga oʻzlari lozim
deb topgan mahlumotlar haqidagina axborot beradilar va oʻzlari uchun maqbul nom
taklif etadilar. Guruh rahbarining maqsadi: guruhda oʻzaro xayrixoxlik muhitini
yaratish va qatnashchilarda koʻpincha ilk uchrashuvlarda paydo boʻladigan ichki
zoʻriqishlarni yoʻqotishga harakat qilish.
2 – MASHGʻULOT
1.
Salomlashish an’anasi – Har bir mashgʻulot guruh ahzolarining soʻrashish
jarayonida bir- birlariga iliq soʻzlar bilan murojaat qilishlari bilan boshlanadi. Ular
bu bilan oʻzlarini hamkorlikdagi ishga tayyorlashadi.
Maqsad: mashgʻulot boshidagi qatnashchilardagi
siqiqlik holatlarini
yoʻqotish, atrofdagilardagi ijobiy sifatlarni koʻra olish malakasini oʻzlashtirish.
2.
«Sanoq» –
Mazkur mashgʻulot uchrashuv avvalida qatnashchilardagi ichki
zoʻriqishni yengish uchun qoʻllanadi. Guruh rahbari guruh ahzolari sonidan
oshmaydigan xoxlagan raqamni aytadi. Ushbu raqamga mos miqdordagi
qatnashchilar oʻrinlaridan turishadi. Mashqni bajarishda oʻzaro mutanosib harakat
qilishga
erishish
talab
etiladi,
qatnashchilarning
bir-birlari
bilan
maslahatlashishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Dostları ilə paylaş: