Tog usuli. Guidebook. Kirish



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix18.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#88685
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
TOG o\'quv qo\'llanma

Muammoli so’zlar. 
 
Muammoli so’zlarga obraz topa olmagan, yoki assotsatsiya qilishga qiynalgan 
so’zlaringiz kiradi. Ularni “Muammoli so’zlar” qutisiga solasiz. Aslini olganda 


bunday so’zlar juda kam bo’lib, 100 ta so’zdan maksimum 5-10 % qiyin bo’lishi 
mumkin. Agar obraz topa olmagan bo’lsangiz, do’stlaringizdan so’rashingiz 
mumkin. Agar assotsiatsiya qilolmagan, yoki juda murakkab so’z bo’lsa, unda 
quyidagi usullar orqali yodlaysiz: 
1-usul. Ertalab o’qishga yoki ishga ketayotganingizda o’zingiz bilan 5 ta yoki 
10 ta muammoli so’zni olib ketishingiz va kun bo’yi har soatda takrorlab qo’yish 
orqali 1 kunda 10 tagacha bo’lgan muammoli so’zlarni muammosiz yodlab 
olishingiz mumkin. 
2-usul. Telefoningiz ekraniga rasmga olib qo’yib oling. Chunki har kuni eng 
ko’p qaraydigan narsamiz – bu bizning telefonimiz. 
3-usul. Oraliqli takrorlash usuli orqali takrorlab boring. Bunda “Anki” 
ilovasidan foydalanishingiz mumkin. 
Yodlangan so’zlarni aktivlashtirish. 
Shubha yo’qki, TOG usuli orqali minglab so’zlarni eslab qolish muammo 
emas. Ammo yodlangan so’zlar passiv holda bo’ladi. Bu degani siz hamma yodlagan 
yangi so’zlaringizni aktiv ravishda ishlata olmasligingiz mumkin. So’zlarni 
aktivlashtirish uchun ham biroz ter to’kish kerak bo’ladi. Quyida yangi so’zlarni 
aktivlashtirish uchun bir qancha usullarni ko’rib chiqamiz. 
1-usul. Ovoz bilan kitob o’qing. Kitobni ovoz chiqarib o’qish jarayonida
yodlagan so’zlarimiz qayta-qayta takrorlanadi. Qaysi so’z qanday ma’noda kelishi 
va qaysi holatlarda ishlatilishini bilib olish mumkin. 
Ovoz chiqarib o’qish so’zlarni talaffuzini kuchaytiradi va og’iz muskullari 
yangi tilga o’rganadi. Undan tashqari, kitob o’qish orqali gap tuzish strukturalari 
miyaga o’rnashib boradi. Kitob o’qish orqali ham yangi til o’rganasiz ham yangi 
bilimlarga ega bo’lishingiz mumkin. Kuniga 30 daqiqadan 2 soatgacha kitob o’qish 
orqali yuqoridagi foydalarga erishishingiz mumkin. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin