6. Qushning ikki qanotini yelimlab qo’ydingiz, u endi ucha olmayapti.
7. Ko’chadagi mushuk sizga tosh otmoqda
8. Yostig’ingizni ustida
chumolilar dam olib yotipti
9. Piyoz arg’imchoq uchmoqda
10. Rozetkaning ustiga toj kiydirib qo’yishgan.
Agar yuqoridagi yozilganlarni tasavvur qilishga qiynalgan bo’lsangiz, hech
qisi yo’q. Bu mashqni takroran ko’proq bajaraversangiz, keyinchalik bu jarayon
osonlashadi va qiyinchilik tug’dirmaydi.
1. Narvon – ?
2. Kosmos – ?
3. ? – Likopcha
4. ? – Miya
5. ? – Mix
6. Yelim – ?
7. ? – Tosh
8. Yostiq – ?
9. Arg’imchoq – ?
10. ? – Toj
Ana endi so’roq o’rnida turgan so’zlarni topishga urinib ko’ring, javoblarni
esa oldingi betdan tekshirib olishingiz mumkin.
Xo’sh, qanday? Natija a’lomi? Eng kamida 10 tadan 8 ta so’zning juftini eslay
olgandirsiz, albatta bu yaxshi natija. Eng qizig’i sizga faqatgina so’zlarni bog’lab
tasavvur qiling deyilgandi, siz esa uni eslab ham qoldingiz. Ya’ni
eslab qoling
deyilmagan bo’lsa ham, siz ushbu 10 ta juftlikni yaxshigina eslab qoldingiz. Eng
qizig’i shundaki, bu juftliklarni ertasi kuni eslashga harakat qilsangiz ham, natija
ya’na a’lo darajada bo’ladi. Siz ushbu so’zlarni unutishingiz juda sekin bo’ladi.
Mana shu mnemonika orqali yodlash deyiladi.
Agar natija yaxshi chiqmagan bo’lsa, u holda sizda ushbu 3 ta muammo
bo’lishi mumkin: 1. Siz berilgan bog’lanishni tasavvur qilmay, shunchaki o’qib
ketgansiz; 2. Tasavvur qilish paytida sizning diqqatingiz chalg’igan bo’lishi
mumkin; 3. Siz yozilgan so’zlarni nimaligini bilmaysiz (albatta bunday holat
uchrashi juda g’alati, lekin tarelka o’zbek tilida likopcha ekanligini bilmaydigan
ayrim insonlar bor. Siz ularning qatoriga kirmaysiz^_^)
Endi mustaqil shug’ullanish uchun 3 ta ustunda 10 tadan juft so’zlar beriladi.
Bu so’zlarni o’zingiz mustaqil ravishda bo’glashga harakat qiling. Eng qizig’i,
ushbu mashqni oilangiz a’zolari bilan bajarishingiz mumkin. Bolalarga ushbu o’yin
yoqishi aniq.
Bog’lashda so’zlarning yaxshi esda qolishi
assotsiatsiyaning qanchalik
mustahkamligi va tasavvurning qanchalik yorqinligiga bog’liq. Agar so’zlar
noodatiy, qiziqarli, kulguli bog’lanadigan bo’lsa, hamda aniq-tiniq tasavvur qilinsa,
takrorlashsiz bir marta eslab qolishning o’zida uzoq muddatga, balki bir umrga esda
qolishi ham mumkin. Xo’sh, mustahkam assotsiatsiya qanday bo’ladi? Assotsiatsiya
mustahkam bo’lishi uchun asosan 3 ta narsaga e’tibor berish kerak: 1. Noodatiylik;
2. O’zaro kuchli ta’sir; 3. Yorqin tasavvur. Endi har biriga alohida to’xtalib o’tsak.
Noodatiylik degani shuki, obrazlar bir-biriga oddiy bog’lanmasligi kerak.
Misol uchun ruchka va kitob so’zini bog’lash kerak bo’lsa, shunchaki ruchka
kitobning ustida turganini tasavvur qilgandan ko’ra, ruchkani yuqori tezlikda uchib
kelib devordagi kitobga sanchilib qolganini tasavvur qiligan yaxshiroq esda qoladi.
Yana boshqa misolni ko’radigan bo’lsak, aytaylik telefon va tufli so’zini
bog’laganda telefonni tufli ichiga solgandan ko’ra telefon tufli kiyib ko’chada
yurganini tasavvur qilgan yaxshiroq esda qoladi. To’g’ri telefonda oyoq bo’lmaydi.
Lekin, tasavvurda hamma narsaning iloji bor va unda chegara degan narsa yo’q.
Ko’p multfilm va fantastik kinolar ko’rgan odamlarda bunday noodatiy
tasavvurlarni qilish qiyinchilik tug’dirmaydi. Miyamiz
oddiy voqealarni yaxshi
eslab qolmaydi. Misol uchun yoningizda kimdir avariyaga uchragan bo’lsa yoki ikki
kishi mushtlashib ketadigan bo’lsa, bu voqeani esingizdan chiqarmaysiz. Lekin 3
kun oldin nima ovqat yeganingizni eslolmasligingiz mumkin. Chunki bu holat
doimiy takrorlanadigan va oddiy holat. Xullas obrazlarni iloji boricha noodatiy
bog’lashga harakat qilish kerak. Shunda uzoq muddatga esda qoladi. Agar oddiy
bog’lab qo’ysangiz bir necha kundan so’ng yodingizdan chiqishni boshlaydi.
Obrazlar orasidagi o’zaro ta’sir ham eng muhim qismlarda biri.
Bog’lanayotgan obrazlar bir biriga ta’sir ko’rsatishi kerak. Agar shunchaki yonida,
ustida turibdi bo’ladigan bo’lsa, tez esdan chiqishni boshlaydi. Yuqoridagi ruchka
va kitob misolida ko’rganimizdek kitobning ustida ruchkani tasavvur qilgandan
ko’ra, kitobga ruchkani sanchgan yaxshiroq. Chunki bunda obrazlarning o’zaro
ta’siri kuchliroq.
Yana bir misolni
ko’rsak,
olma
va
sokni
bog’layotganda ko’pchilik olmali
sok deb o’tib ketadi. Bu esa esda
qolarli emas. Undan ko’ra olma va
sok alohida tasavvur qilib bog’lagan
yaxshi. Masalan turli soklar orasida
poyga bo’layotgani va soklar olmani
g’ildirak sifatida ishlatayotganini
tasavvur
qilganingiz yaxshi esda
qoladi.
Tasavvur qanchalik yorqin
bo’lsa, u shunchalik yaxshi esda
qoladi. Chunki miyamiz rang-
baranglik va tiniqlikni yoqtiradi.
Xira video va 4k formatdagi videoni
ko’radigan
bo’lsangiz,
4k
formatdagi
videoni
qayta-qayta
tomosha qilgingiz keladi. Oq va qora
rangdan iborat rasmni va rang
barang
rasmni
ko’radigan
bo’lsangiz, rangli rasm sizga yoqadi.
Shu sababli
tasavvurni rangli va
yorqin, har bir detaligacha urg’u bergan holda tasavvur qiling.
Agar sizda hozirgacha hech qanday muammo bo’lmagan bo’lsa, u holda siz
xorijiy so’zlarni eslab qolish texnikasiga o’tishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: