metodining asosiy mohiyati ham shunda.
Taymer ishni tezroq bajarishga undaydi.
Chunki miyamiz vaqt tugayotganini sezganda yana ham tezroq ishlashni boshlaydi.
Agar boshlanishiga 25 daqiqa diqqatni jamlab ishlash qiyinlik qilsa, 20 yoki 15
daqiqalik Pomidor ishlatishingiz mumkin.
4-qadam. 5 daqiqa dam olish. Taymer tugashi bilan 5 daqiqa dam olinadi.
Dam olish jarayonida
miyani dam oldirish kerak, ortiqcha narsalarga, masalan,
telefonga chalg’ish mumkin emas. Chunki bu paytda miya olingan ma’lumotni hazm
qiladi va tahlil qiladi. Dam olayotganda shunchaki hech narsani o’ylamasdan
yotishingiz yoki oynani ochib toza havoda nafas olishingiz mumkin.
Pavlov o’tkazgan tadqiqotda u itiga ovqat berayotganda lampochkani yoqardi.
Ma’lum vaqtdan so’ng, itda lampochkaga nisbatan shartli refleks paydo bo’ladi va
ovqat bermasdan lampochkani yoqqanida itning og’zidan so’lak oqa boshlaydi.
Pomidor usulini ko’p marotaba ishlatish orqali ham biz miyamizni taymerlar bilan
ishlashga moslashtirishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: