Tog usuli. Guidebook. Kirish


-qadam. 3-4-qadamlar takrorlanadi



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix18.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#88685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
TOG o\'quv qo\'llanma

5-qadam. 3-4-qadamlar takrorlanadi. Yana 25 daqiqaga taymer qo’yiladi 
va ishlanadi. Vaqt tugaganidan so’ng, yana 5 daqiqa dam olinadi. 1 soat tinmasdan 
ishlagandan ko’ra, 2 ta pomidor ishlagan afzalroq. To’xtovsiz 4 ta pomidordan keyin 
katta tanaffus qilinadi, ya’ni 1-2 soat dam olinadi. Chunki bunda miyamiz ancha 
toliqqan bo’ladi.
 
Pomidor usuli orqali FIKni, ya’ni foydali 
ish 
koeffitsiyentini 
bir 
necha 
barobarga 
oshirishingiz mumkin. Bir kunda o’rtacha 8-10 
tagacha pamidor bilan ishlashingiz mumkin. 
Pomidor usulini har qanday ishga nisbatan 
qo’llasa bo’ladi. Misol uchun; uy tozalash, dars 


qilish, kitob o’qish, hatto kinoni ham pamidorlarga bo’lib ko’rsangiz boladi. 
Ushbu metodni qo’llaganingizdan so’ng hayolingizga bir savol kelishi tabiiy, 
metodning nomi nega aynan pomidor? Chirillo ishlayotganda onasining pomidor 
ko’rinishidagi taymerini ishlatar edi va usulga ham pomidor deb nom qo’yib 
qoyvergan. Bu usul vaqtni bloklarga ajratishdan iborat. 
Pomidor usuli nima ekanligini tushunib olganingizdan so’ng, uni siz xorijiy 
so’zlarni eslab qolish uchun ishlatishingiz mumkin bo’ladi. 
Ana endi yodlashingiz kerak bo’lgan barcha so’zlarni tayyorlab oling. 
Tahminan 50 tacha so’z kerak bo’ladi. So’zlarni o’zingiz yodlashingiz zarur 
bo’lganlarini tanlab oling. Ushbu so’zlarning ichida siz tarjimasini bilgan 
so’zlaringiz bo’lmasligi zarur. 
Pomidor usuli orqali yodlash. 
Pomidor taymerni biz 16/9 qilib ishlaymiz. Ya’ni 16 daqiqa mobaynida 
xorijiy so’zlarga obrazlar topib bog’laymiz, 16 daqiqada imkon qadar ko’proq so’zni 
yodlashga ulgurishingiz zarur. Vaqt 16 daqiqa bo’lganidan so’ng, qolgan 9 daqiqa 
mobaynida yodlagan so’zlaringizni qaytarib chiqib mustahkamlab olishingiz zarur. 
9 daqiqa ichida yodlagan so’zlaringizni takrorlab chiqqaningizdan so’ng, taymer 
tugaydi va siz 5 daqiqa dam olishingiz zarur. Undan so’ng, yodlagan barcha 
so’zlaringizni tekshirib chiqasiz. Birinchi tekshirishda xorijiy so’zga qarab turib, 
uning tarjimasini topishga urining. Xato chiqqan so’zlarni alohida olib qo’ying, 
hamma so’zlarni tekshirib bo’lganingizdan so’ng, xato chiqqan so’zlarni yana bir 
bor takrorlab qo’yishingiz zarur. Undan so’ng, so’zlarni o’zbekcha ma’nosiga qarab, 
xorijiy so’zni topishga urinishingiz zarur. Bu jarayon tarjimani topishga nisbatan 
biroz qiyinlik qiladi. Artikulyatsiyani yaxshi qilgan bo’lsangiz, u holda xorijiy 
so’zni eslashingiz osonroq kechadi. Ko’pchilik artikulyatsiyaga e’tibor bermaydi va 
shuning hisobiga o’zbekcha so’zga qarab uning xorijiy tildagi talaffuzini esidan 
chiqarib qo’yadi. Shuning uchun ovoz chiqarib takrorlashni yodingizdan 
ko’tarmang. 
Pomidor usulida yodlashda, siz ma’lum miqdordagi so’zlarni emas, balki 
ushbu vaqt ichida imkon boricha ko’proq so’zlarni eslab qolishga harakat qiling. 
Sababi, siz doim bir xil vaqtda so’z yodlaysiz. Yodlagan so’zlaringizning ko’p yoki 
kamligi sizning tezligingiz oshayotgani yoki oshmayotganini ko’rishingizga va uni 
nazorat qilishingizga imkon beradi. 
Yodlash jarayonini tushunib oldik. Endi uni har kuni bajarishimiz kerakligini 
yodimizdan ko’tarmasligimiz zarur. Buni qanday qilib qilish mumkin? Hozir sizga 
eng kuchli qurollardan biri, Chek-listni taqdim etamiz. 



Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin