Bunda siz o’zingizni haqiqiy inglizlardek tasavvur qilib, Glass deb aytishingiz
kerak. Artikulyatsiya, ya’ni ovoz chiqarib takrorlash o’ta muhim bosqich sanaladi.
Mana shu 3 ta qadamdan iborat ketma-ketlik TOG usuli hisoblanadi va bu
qadamlar har bir xorijiy so’zlar uchun qo’llaniladi.
Ushbu metodning
foydali jihati shundaki, ona tilingiz qaysi til bo’lishidan
qat’iy nazar, qaysi tilni o’rganayotgan bo’lishingizdan qat’iy nazar, bu metod har bir
tilga bir xilda ishlaydi. Misol uchun, yapon tilida “Nemasu” – uxlamoq degani. Siz
ushbu so’zni eslab qolish uchun, “nemasu” so’zini obrazga aylantirasiz, bunga
“nemis” so’zi obraz bo’la oladi. Undan so’ng, uxlamoq so’zini tasavvur qilasiz,
bunda kimdir krovat ustida xurrak otib uxlayotganini tasavvur qilishingiz mumkin.
Undan keyin, ikkalasini bir-biriga bog’lasangiz kifoya. Ya’ni, nemis odam krovat
ustida uxlab yotganini tasavvur qiling.
Xorijiy so’zlarga obraz topish boshida biroz mushkul bo’lishi mumkin.
Ammo bir necha hafta shug’ullanganingizdan so’ng,
ushbu metod albatta oson
bo’lib qoladi.
Biz xorijiy so’zlarga topayotgan obrazlarimiz, bizga vaqtinchalik qarmoq
vazifasini o’taydi. Ya’ni boshida biz xorijiy so’zning talaffuzini eslab qolishimiz
uchun uni nimadirga o’xshatib yodlab olamiz. O’zimiz
tushunmagan narsamizni
qanday tasavvur qilishni bilmaymiz. Misol uchun, “Ich liebe es, Zauberwürfel zu
lösen”, hozir nimani tushundingiz? Menimcha hech nimani, chunki ushbu so’zlar
sizga umuman notanish, miyangiz ushbu so’zlarning obrazini bilmaydi. Shu sababli
siz hech narsani tushunmadingiz. Agar sizga kimdir “Men Kubik rubikni terishni
yoqtiraman” desa, siz uni nima deyayotganini tushunasiz, chunki bu so’zlar bilan
miyangizda bog’langan obrazlar bor. Vaholanki, “Ich liebe es, Zauberwürfel zu
lösen” nemis tilida bo’lib, “Men Kubik rubikni terishni yoqtiraman” degan ma’noni
anglatadi. Ikkalasining ma’nosi bir, ammo eshitilishi har xil. Miyangiz qaysi so’zlar
bilan obrazlarni bog’lagan bo’lsa, siz ularni tushuna olasiz, tasavvur qila olasiz.
TOG usulida shug’ullanish
mobaynida, xorijiy so’zga obraz topishda
ko’pchilik qiynaladi. Buning sababi esa juda oddiy, bu ish bilan oldin shug’ullanib
kelmagansiz, shu sababli boshida bu usul bilan ishlash qiyinchilik va noqulaylik
tug’diradi. Ammo buni yo’qotish uchun, siz shunchaki ko’proq va muntazam mashq
qilib borishingiz zarur.
Xorijiy so’zga obraz topishda quyidagi yo’llardan foydalanish mumkin:
1. Xorijiy so’zni qofiyasiga mos obraz topish, masalan, Shoes [shyuz] ga “yuz”;
2. Xorijiy so’zning boshidagi bir nechta bo’g’iniga
mos obraz topish, masalan,
Contribution [kantribyushn] ga “Ko’ntr” o’yini;
3. Xorijiy so’zga bir nechta bo’g’inlarga ajratib, har biriga alohida obraz topib
bog’lash, buni biz terminlarni eslab qolish mavzusida gaplashib o’tamiz.
4. Xorijiy so’zning boshidagi harfining oldiga birorta harf qo’shing, yoki bosh
harfini olib tashlang.
Ana endi hozir birgalikda quyidagi xorijiy so’zlarni eslab qolishga harakat
qilamiz:
1. Tisch – stul
2. Apfel – olma
3. Gallina – tovuq
4. Nino – bola
5. Lac – sut
6. Mors – o’lim
7. Ninjin – sabzi
8. Minna – hamma
9. Qomar – oy
10. Rokiba – minmoq
Tisch so’zining talaffuziga obraz topishga harakat qiling, ko’pchilikka “Tish”
obrazi keladi. Endi tishni stulga bog’lashingiz zarur. Stul ustida katta tish turipti.
Apfel so’zining talaffuziga
obraz topishga harakat qiling, ko’pchilikka
“Aprel” kelishi mumkin. Endi aprel bilan olmani bir-biriga bog’lang. Aprel oyida
olmalar pishdi va siz faqat aprel oyida olma yeysiz.
3. Gallina so’ziga obraz topishga harakat qiling, menimcha sizga ham “gallina
blanka” hayolingizga keldi. Agar boshqa obraz kelgan bo’lsa, ana shu obrazni
olavering, so’ng obrazni tovuqqa bog’lashimiz zarur. Tovuq sho’rvaga tovuqli
gallina blanka solmoqdasiz.
4. Nino so’ziga obraz topishga harakat qiling, kimgadir “nina”
obrazini
olishimiz mumkin. Endi nina obrazini bola bilan bog’lashimiz kerak. Bola qo’liga
nina sanchib oldi.
5. Lac so’ziga obraz topishga harakat qiling, menimcha sizga ham tirnoqqa
surtiladigan “lak” obrazi keldi. Endi lakni sut bilan bog’lashga harakat qiling. Sutni
ichiga lak to’kib yubordingiz, endi sut pushti rangli bo’lib qoldi.
6. Mors so’ziga obraz topishga harakat qiling. Mors so’ziga obraz “mors”
ichimligi bo’la oladi. Endi morsni o’lim bilan bog’lasak bo’ldi. Bir tanishingiz mors
ichib o’lib qoldi.
7. Ninjin so’ziga obraz topishga harakat qiling. Ninjin so’zi “Nindzya” so’ziga
juda yaqin. Endi nindzani sabzi bilan bog’lashimiz zarur. Nindzya qilichni o’rniga
sabzilar bilan urishmoqda.
8. Minna so’ziga obraz topishga harakat qiling. Minna so’ziga portlovchi
bomba “mina” obraz bo’lishi mumkin. Endi mina so’zini hamma so’zi bilan
bog’lash kerak. Hamma mina bosib oldi va mina portlab ketdi.
9. Qomar so’ziga obraz topishga harakat qiling. Ushbu so’zga “Kamar” so’zi
juda yaqin. Endi kamarni oy obrazi bilan bog’lashimiz zarur. Oy o’ziga kamar taqib
olgan. Tunda oyning o’rtasida kamar ko’rinib turadi.
10. Rokiba so’ziga obraz topishga harakat qiling. Bu so’zga “rohiba” so’zi
obraz bo’la oladi. Endi rohibani minmoq bilan bog’lashimiz kerak.
Agar yuqoridagi bog’lanishlarni hammasini tasavvur qila olgan bo’lsangiz, u
holda hozir xorijiy so’zlarning tarjimasini toping:
1. Gallina – ?
2. Minna – ?
3. Rokiba – ?
4. Lac – ?
5. Apfel – ?
6. Ninjin – ?
7. Mors – ?
8. Qomar – ?
9. Tisch – ?
10. Nino – ?
Yuqoridagi 10 ta so’zdan 10 tasining tarjimasini to’g’ri topa oldingiz deb
umid qilamiz. Agar 1 ta yoki 2 ta xato qilgan bo’lsangiz ham hech qisi yo’q, siz
hozirning o’zida 8 ta xorijiy so’zni eslab qola oldingiz. O’ylashimcha bu unchalik
qiyin emas, shunchaki mashq talab etadi xolos.
Ana endi quyida xorijiy so’zlar shug’ullanish uchun berilgan.
Kitobning
davomini o’qishdan to’xtab, ushbu so’zlarni eslab qoling. Keyin o’zingizni tekshirib
ko’ring. Berilgan so’zlar yapon tilida bo’ladi. Shunda siz ushbu so’zlarni aniq obraz
qilib eslab qolish imkoniyatingiz 99% bo’ladi. Agar ingliz tilidagi so’zlar berilsa, u
holda siz berilgan so’zlardan ba’zilarini bilishingiz mumkin. Shu sababli yapon
tilidagi 40 ta so’zni, TOG usulini shug’ullantirish uchun yodlab ko’ring.
Dostları ilə paylaş: