Tog usuli. Guidebook. Kirish



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix18.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#88685
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
TOG o\'quv qo\'llanma

 
 
Parchalash uslubi 
 
Bilamizki hamma so’zlar ham qisqa bo’lavermaydi. O’ta uzun xorijiy so’zlar 
ham bor. Bularni eslab qolishda bitta obraz topib, xorijiy so’zning hammasini eslab 
qolish qiyin bo’ladi. Shuning uchun bunday so’zlarga ikkita yoki uchta obrazchalar 
qilib eslab qolgan yaxshi. Hozir sizlarga hayotda kerakli bo’ladigan ma’lumotlardan 
biri, terminlarni eslab qolishni keltirib o’tamiz. Terminlar uzun bo’lganligi sababli, 
ularni eslab qolish murakkab bo’ladi. Terminlarni eslab qola olsangiz, uzun xorijiy 
so’zlarni ham eslab qola olasiz, bundan tashqari o’zingizni sohangizdagi terminlarni 
eslab qolishda foydalanishingiz mumkin. 
Terminlar va uzun so’zlar bizni eng yomon ko’rgan va asabimizni buzadigan 
so’zlar desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Chunki ularni eslab qolish, ba’zida esa 
talaffuz qilishning o’zi ham qiyin. Lekin mnemotexnika bilan terminlarni, uzun 
xorijiy so’zlarni oson eslab qolsa bo’ladi. Buning uchun quyidagi algoritmdan 
foydalaniladi: 
1-qadam. Parchalash. Yodlamoqchi bo’lgan terminingizni, yoki xorijiy 
so’zingizni obrazlar topishga qulay qilib olish uchun bir necha qismlarga ajratib 
olishingiz kerak bo’ladi. Uzun so’zlarga obraz topish qiyin. Shuning uchun 
qismlarga ajratib, har bir qism uchun alohida obraz topgan osonro bo’ladi. 
2-qadam. Obrazlashtirish. Termin ta’rifining ma’nosiga iloji boricha 
soddaroq obraz topish kerak bo’ladi. Xorijiy so’zning tarjimasiga esa obraz topish 
qiyin emas. 
3-qadam. Assotsiatsiya va ovoz chiqarib takrorlash. Bunda biz 
parchalagan terminimiz va ushbu terminning ta’rifini bir-biriga bog’laymiz. 
Obrazlarni tasavvur qilgan holda ovoz chiqarib takrorlash lozim. Chunki, ovoz 
chiqarib takrorlamasangiz, obrazni o’zini aytib qo’yishingiz mumkin. Ovoz bilan 
takrorlanganda jag’ muskullarimiz termin va xorijiy so’zni talaffuzini eslab qoladi. 
Hozir 
ushbu 
qadamlarni 
quyidagi termin orqali sinab ko’ramiz. 
Bunday qiyin so’zlarga obraz qila 
olgan odam, uzunroq xorijiy so’zni 
yodlashni eplay oladi. 
Damping 
– 
dengizni 
chiqindilardan tozlash. Bu terminni 
ikkiga bo’lib olamiz va qismlariga 
obraz topamiz. 
Dam – Dam
as 


Ping – Ping
ving
Endi esa, ta’rifiga obraz 
topamiz. Misol uchun chiqindilar 
to’la dengizni tasavvur qilishingiz 
mumkin. Undan so’ng, assotsiatsiya 
qilamiz. Chiqindi to’la dengizga 
Damas keldida, ichidan Pingving 
tushib, chiqindilarni tozalay boshladi. 
Endi 
ovoz 
chiqarib 
obrazlarni 
hayolimizda ushlagan holda 5-10 
marta takrorlash kerak. Xuddi shu 
tarzda quyidagi misollar bilan mashq 
qilishingiz mumkin.
Endi quyidagi so’zlarga o’zingiz obrazlar qilib, mustaqil ravishda obraz qilib, 
bog’lab, eslab qoling. 
Ambidekstriya – Bu tug’ma yoki shug’ullantirilgan, biror bir qo’lning 
ustuvorligisiz bir xil tezlik va sifat bilan 2 qo’lni boshqara olish.
Metabolizm – hujayrada sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalar majmui. 
Bipatrid – bittadan ortiq davlat fuqaroligiga ega bo’lgan shaxs. 
Konsensus – xalqaro shartnomalarni qabul qilishda, parlament va 
kengashlarda tegishli qaror qabul qilish. 
Anabioz – organizmning hayot jarayonlari (moddalar almashinuvi va 
boshqalar) juda sekinlashgan, ya’ni uning tirikligi sezilmaydigan darajaga o’tgan 
holati. 
Yuqoridagi so’zlarni o’quvchilar bilan birgalikda eslab qolishga harakat qilish 
kerak. O’quvchilarga bu narsa boshida qiyinchilik tug’dirishi mumkin. 
Terminlarda ko’pincha oxiri bir xil qo’shimchalar bilan tugaydi. Misol uchun; 
-izm, -tsiya, -iya, -oz va boshqalar. Ularga avvaldan obrazlar tuzib olish tavsiya 
qilinadi. Masalan; -izm – uzum, -tsiya – ratsiya, -iya – eshak, -oz – ОЗУ (operativ 
xotira). 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin