3-savolning bayoni:
Qadimgi Misr sivilizatsiyasining o’ziga xosligi va betakrorligini
uning tabiiy-geografik joylashuvi, Nil vodiysining nisbatan yopiqligi va
tashqi hujumlardan himoyalanganligi, fir’avnlar hokimiyati va butun
41
ijtimoiy tizimning barqarorligi, shuningdek misrliklarning yuqori
turmush darajasi belgilab berdi.
Misr sivilizatsiyasiga chuqur konservatizm va an’anaviylik xos.
Misrliklar o’zlarining madaniy qadriyatlar tizimiga biror bir yangilik
kiritishdan qochdilar. Aksincha, ularda o’zlariga ma’lum g’oya, qonun,
badiiy uslublarni asrash va taqlid qilish uzoq asrlar asosiy tamoyil
bo’lib qoldi. Albatta bu hol yangi unsur, g’oya va uslublarni inkor
qilmadi, ammo ular asta-sekin paydo bo’ldi. Shu sababli Misr ustalari
doimo rioya qilgan an’anaviylik va konservatizm Misr san’ati uchun
xos bo’lgan kontseptuallik va yuqori malakalilik, mohirlik, uyg’unlikni
o’zida aks ettirib nihoyasiga yetkazib ishlangan.
Misrda din ilk urug’chilik jamoalarida vujudga kelib, juda uzoq
taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Diniy an’analar mustahkam va turg’un
bo’lgan, fetishizm, totemizm, ayniqsa hayvonlarga topinish Misrda
uzoq davom etgan.
Misr xudolarining panteoni juda katta bo’lib, u ilk davrda vujudga
kelgan madaniyatga borib taqaladi. Misrliklarning xudolari hayvon
qiyofasida tasvirlangan. Xudolar mahalliy va umumisr miqyosida
e’tiqod qilingan ilohlarga bo’lingan. Oddiy odamlarning himoyachisi
va homiysi bo’lgan Amonga topinish umumisr xarakteriga ega bo’lgan.
Quyosh xudosi Raning o’g’li Gorning yerdagi ifodasi sifatida qabul
qilinadigan, o’limidan so’ng xudo bo’lib Osiris bilan tenglashtirilgan
fir’avn shaxsini ilohiylashtirish alohida o’rin egallagan. Yer osti
saltanatining podshosi Osiris butun Misrda e’zozlangan.
Misrda fir’avn Exnaton tomonidan ilgari surilgan monoteizmning
birinchi tarixiy shakli bo’lgan yagona xudoga sig’inish konsepsiyasi
o’z o’rnini topmadi.
Misr dinida u dunyodagi hayotga katta o’rin berilgan, o’limdan
keyingi hayot bu hayotning davomi deb tushunilgan. Inson go’yoki,
uch asosiy substansiya jismoniy tana, uning ma’naviy ko’rinishi («Ka»)
va uning ruhi («Ba») dan iborat. Faqat shu uch unsurning birligi boqiy
yashashga imkon beradi. Mana shu boqiylikka intilish ko’mish
marosimlarining shakllanishiga, inson tanasini abadiy saqlash uchun
mumiyolashning paydo bo’lishiga olib kelgan.
Qadimgi Misr dini san’at taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Misr
sivilizatsiyasi o’ziga xos, tuzilishi bo’yicha murakkab, mazmunan boy
madaniyat yaratdi. Bu jahon madaniyati xazinasiga ko’plab
durdonalarni yetkazib berdi. Bular qadimgi Misr yozuvi, yozuv uchun
dunyodagi ilk material bo’lgan papirus, bugungi kungacha saqlanib
42
qolgan afsonalar, ertaklar, nasihatlar, ulug’vor piramidalar va
ibodatxonalar, fir’avnlar va amaldorlar dahmalaridagi suratlardir.
Misrliklar yozuvning uch ko’rinishidan foydalanishgan:
muqaddas hisoblangan iyeroglif yozuv, iyeratik yozuv va demotik
yozuv.
Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli g’oyalar, badiiy
obrazlar bilan sug’orilgan boy adabiyotni yaratdilar. Adabiyot uchun
qulay omil bo’lib xalq og’zaki ijodi xizmat qildi. Ilk abadiy asarlar
m.a. IV ming yillikda paydo bo’ldi. Ertaklar, didaktik nasihatnomalar,
zodagonlar tarjimai hollari, diniy matnlar va poetik asarlar Qadimgi
podsholik davridayoq paydo bo’ldi. O’rta podsholik davrida
janrlarning xilma-xilligi ko’paydi. Yuqori darajada yozilgan prozaik
asarlar paydo bo’ldi (Sinuxet hikoyasi). Yangi podsholik davrida
Misr adabiyoti g’oyaviy-badiiy tugallanish davrini boshdan kechirdi.
Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar didaktik janri
to’laroq aks etgan. Nasihatnomalardan «Ptaxotep nasihatnomasi»,
«Gerakleopol podshosi Axtoyning o’gli Merikaraga nasihati»,
«Fir’avn Amenxemxet I ning nasihatnomasi» kabi asarlarda davlatni
boshqarish qoidalari bayon qilingan. «Axtoyning o’gli Dauafaga
nasihati»da mirzolikni boshqa kasblardan afzalligi ko’rsatiladi. «Ani
nasihati», «Amenemope nasihati»da turmush ahloqi va an’anaviy
ahloq qoidalari batafsil bayon qilinadi.
Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir janr sifatida shakllandi.
Ulardan eng mashhurlari: «Fir’avn Xufu va sehrgarlar», «Kema
halokatiga uchraganlar to’g’risida», «Egri va to’g’ri to’g’risida», «Ikki
aka-uka to’g’risida».
Sivilizatsion tuzilmaning tarkibiy qismi sifatida maorif ilk
sivilizatsiyalardayoq birinchi o’ringa chiqqan. Misr sivilizatsiyasi
savodxonlik va savodli odamlarni yuqori qadrlagan. Yozuv, xudo va
xo’jayin ma’nolarini anglatuvchi tushunchalar bitta iyeroglif bilan
ifodalangan. Kohinlar bir vaqtning o’zida olimlar ham bo’lishgan.
Misr sivilizatsiyasida ulkan bilim xazinasini yaratdi, ammo u tor
doirada foydalanildi. Misr fani asosan matematika, astronomiya,
tibbiyot yo’nalishlarida rivojlandi. Dunyodagi birinchi Quyosh
kalendari bo’lgan Misr kalendari osmon jismlari va Nil daryosi rejimi
asosida tuzilgan. Misrliklar Quyosh va oy tutilishini oldindan ayta
olganlar, yulduzlarning aniq xaritasini tuzganlar, suv va quyosh
soatlarini kashf qilganlar, o’nlik tizimga yaqin hisobni yaratganlar,
qo’shish, ayirish, bo’lish va ko’paytirishni bilganlar.
43
Misr tabiblari butun Old Osiyoga mashhur bo’lganlar. Bizgacha
10 tibbiyot papirusi yetib kelgan. Tabiblar 100 ga yaqin kasalliklarni
davolash usullarini bilganlar, qon aylanishi va yurak faoliyati
to’g’risida bilimga ega bo’lganlar.
Fadimgi Misr san’ati misrliklarning kundalik hayoti, ularning
qadriyatlari va estetik qarashlarini aks ettiradi. Piramidalar Misr
sivilizatsiyasining ramziga aylandi, shaharlarning paydo bo’lishi esa
varvalik va sivilizatsiyaning chegarasi bo’lib xizmat qildi. Yirik
madaniy markazlar bo’lgan Memfis, Fiva kabi shaharlar nafaqat boy
moddiy madaniyatni, balki sivilizatsiyalashgan jamiyatining universal
ma’naviy madaniyatini ham yaratdi. Misr sivilizatsiyasining qudrat,
kuch va donishmandligini aks ettiruvchi Fivadagi Luksor va Karnak
ibodatxonalari bugungi kungacha yetib kelgan.
Me’morchilikda fir’avnlarning piramida-qabrlari, ibodatxonalar
qurish ustivor ahamiyat kasb etdi. Dahmalarning ikki xili: yer usti
dahmalari va qoyaga o’yilgan dahmalar keng tarqaldi. Piramida va
dahmalar qurish uchun I-II sulola fir’avnlari dafn qilingan mastabalar
namuna bo’lib xizmat qildi. III sulola fir’avni Joser uchun balandligi
60 m bo’lgan zinapoyasimon ilk piramida mastaba o’rnida qurildi. IV
sulola fir’avni Xufu, Xafra va Menkaura piramidasini qoyadan o’yib
yasalgan 20 metrlik sfinks qo’riqlab turibdi.
Dayr-al Baxrdagi malika Xatshepsut ibodatxonasi va Ramzes III
ning Madinat Abudagi (Fiva) ibodatxonalari ulug’vor tarzda qurilgan.
Yana shunday ibodatxonalar qoyalarga o’yib yasalgan (Ramzes III
ning Nubiyadagi Abu Simbel ibodatxonasi). Yana bir me’morchilik
san’ati namunasi podsho saroyi qarorgohi monumental shaklda
qurilgan. Barcha ibodatxona va saroylar rel’eflar, boy devoriy
rangtasvirlar bilan bezatilgan.
Misrda mahobatli haykaltaroshlikning eng qadimgi namunalarini
ko’rish mumkin. Masalan, Ramzes II ning ulug’vor haykali, hayotga
to’la Nefertiti haykalchalari.
Dostları ilə paylaş: |