(qatl) sizlar uchun yaxshiroqdir", - degan so'zini eslang. Shunday qilib, Alloh tavbangizni qabul etdi. Albatta, U kechirimli va rahmlidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
9
55. "Ey, Muso, Allohni oshkora ko'rmagunimizcha, senga hech ham ishonmaymiz" - deyishingiz bilan ko'z o'ngingizda sizlarni chaqmoq urganini ham eslangiz. 56. So'ngra shukr qilursizlar, deb, o'lganingizdan keyin yana sizlarni tiriltirdik. 57. Shuningdek, ustingizga bulutlarni soyabon qildik, samoviy noz-ne'matlar va (pishirilgan) bedanalar nozil etib, "Sizlarga rizq sifatida berilgan pok narsalarni yenglar" (dedik). Ular (Isroil avlodi) Bizga zulm qilmadilar, balki o'zlarigagina zulm qildilar. Izoh: Samoviy noz-ne'matlar deb tarjima qilingan bu so'zning arabchasi Qur'onda "mann" lafzi bilan keltiriladi. Ruscha "manna", ya'ni un. 58. Biz sizlarga: "Ushbu qishloqqa (Qudsga) kiringizlar va unda xohlagan joylaringizda lazzatlanib, yeb- ichingizlar. Darvozadan sajda qilgan holingizda kirib, (Allohga) "afv et" denglar, (shunda) Biz xatolaringizni kechiramiz va ezgulik qiluvchilarga (ajru savobni ham) ziyoda qilurmiz", - deganimizni eslangiz. 59. Shunda zolim kimsalar ularga aytilgan so'zni boshqa so'zga almashtirdilar. Bas, qilgan bu buzg'unchiliklari tufayli Biz zulm qilganlar ustiga osmondan jazo tushirdik. Izoh: Ularga "hitta" so'zini aytish buyurilganda, ular "hinta" deb masxara qilishgan. Ya'ni, kechirim so'rangiz deyilsa, ular bug'doy ber deb, Allohning buyrug'iga muxolif ish qilishgan. 60. Eslang (ey, Isroil avlodi,) Muso o'z qavmi uchun suv so'raganida, "Asoingni toshga ur" dedik. Bas, undan (toshdan) o'n ikki chashma otilib chiqdi. (O'n ikki urug'dan) har bir guruh o'z suvini bilib