Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Biror jon biror narsada boshqa jonning o'rniga o'tmaydigan, undan shafoat ham qabul



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

48. Biror jon biror narsada boshqa jonning o'rniga o'tmaydigan, undan shafoat ham qabul 
qilinmaydigan va (gunohlari uchun) badal ham olinmaydigan hamda ularga yordam berilmaydigan 
kundan (qiyomat kunidan) qo'rqingiz!  
49. Sizlarni (Muso qavmini) og'ir azoblar bilan qiynagan, o'g'illaringizni qatl etib, xotinlaringizni tirik 
qoldirayotgan Fir'avn navkarlaridan qutqarganimizni ham eslangiz. Bunda Rabbingizdan sizlarga 
ulkan sinov bordir.  
50. Sizlar sababli dengizni (o'n ikkiga) bo'lib, sizlarni qutqarganimiz, ko'z o'ngingizda Fir'avn lashkarini 
g'arq qilganimizni ham eslangiz.  
Izoh: Dengizdan o'n ikkita yo'l ochib, Muso lashkarini o'tkazib yuborganidan keyin, ularni quvib kelayotgan 
Fir'avn lashkari dengiz o'rtasigacha kirib kelishgach, Alloh taolo suvni yurgizib yuborgani va Fir'avn o'z 
lashkari bilan g'arq bo'lib, halok bo'lganini bayon etmoqda. Nima uchun aynan o'n ikkita yo'l ochildi, degan 
tabiiy savol tug'iladi. Javobiga tafsirlarda Isroilga mansub o'n ikki "sibt" - avlod bo'lgan. Shu adadning e'tibori 
bilan o'n ikki raqami qayd etilgan, deyiladi. Muso alayhissalom o'z qavmi suv so'raganda ham toshni urib, o'n 
ikki chashma chiqarganlari shu munosabat bilandir.  
51. Muso bilan qirq kecha va'dalashganimiz, undan (huzurimizga ketganidan) keyin, sizlar 
(o'zlaringizga) zulm qilgan holingizda buzoqqa sig'inganingizni eslangiz.  
52. So'ngra, o'shandan keyin ham shukr qilarsiz, deb, sizlarni afv etdik.  
53. To'g'ri yo'lga tusharsizlar, deb, Musoga Kitob (Tavrot)ni va (haq bilan nohaqni ajratuvchi) 
Furqonni berganimizni eslangiz.  
54. Musoning o'z qavmiga: "Ey, qavmim, sizlar buzoqqa sig'inish bilan o'zingizga zulm qildingiz. Endi 
o'zingizni (bir-biringizni) o'ldirish bilan Yaratuvchingizga tavba qilingiz. Yaratuvchingiz nazdida shu 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin