keltiruvchi emasmiz". 133. Shundan keyin ular ustiga to'fon, chigirtka, bit, baqalar va qon (balolari)ni aniq mo''jizalar sifatida yubordik. (Shundan) so'ng (ham ular) kibr qildilar va (o'zlari oldindan) jinoyatchilar qavmi edilar. 134. Ular ustiga azob tushganda dedilar: "Ey, Muso! Rabbinga sendagi bergan ahdi (haqqi) bilan biz uchun duo qil! Qasamki, agar bizlardan (shu) azobni ko'tarsang, albatta, senga imon keltiramiz va sen bilan birga Isroil avlodini (o'z yurtlariga) jo'natamiz!" 135. Ulardan o'zlari yetib borayotgan (ma'lum) muddatgacha azobni ko'targanimizda esa, nogoh ular (yana ahdni) buzayaptilar. 136. Bas, (Biz) ulardan "o'ch" oldik - oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlari va ulardan g'aflatda bo'lganlari sababli ularni dengizga g'arq qildik. 137. (Biz) barakotli qilib qo'ygan Yerning mag'rib va mashriqlariga zaiflashtirilayotgan qavm (Muso qavmi)ni merosxo'r qilib qo'ydik. Sabr qilganlari sababli Isroil avlodiga Rabbingizning chiroyli so'zlari (bergan va'dasi) o'z adosini topdi. Fir'avn va (uning) qavmi qurgan (bino)lari hamda ko'targan (qasru burj)larini vayron qildik. Izoh: Chiroyli so'z yoki berilgan va'da A'rof surasining 129-oyati yoki Nur surasining 55-oyatida Allohning dushmanni halok etib ularni yerga o'rinbosar qilish to'g'risida aytgan so'zi. 138. Isroil avlodini dengizdan o'tkazganimizda, o'z sanamlariga sig'inayotgan bir qavm ustidan chiqib qoldilar-da, aytdilar: "Ey, Muso! Ularning ilohlari kabi bizga ham iloh yasab ber!" (Muso): "Sizlar johil qavm ekansizlar. 139. Zero, ularning (sig'inib) turgan narsalari barbod bo'luvchi va qilayotgan ishlari botil (behuda ish)dir". 140. (Muso yana) dedi: "Sizlar uchun olamlar uzra sizlarni afzal qilib qo'ygan Allohdan o'zga iloh