Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
112
chalar edilar.
36. Kofir bo'lganlar mol-mulklarini Alloh yo'lidan to'sish uchun sarflaydilar. Bas, ularni sarflaydilar-u,
(lekin) o'zlariga (bu) hasrat bo'lib, so'ngra mag'lubiyatga uchraydilar. Kofir bo'lganlar jahannamga
(haydalish uchun) jam qilinurlar.
37. (Bu) Allohning nopokni pokdan ajrim etishi va nopok (kimsa-kofir)larni bir-birlariga qo'shib,
qalashgan hollarida hammasini jahannamga tashlashi uchundir. Ana o'shalar ziyon ko'ruvchilardir!
38. Kofir bo'lganlarga ayting, agar (kufrdan) to'xtasalar, o'tmish (gunoh)lari kechirilur. Bordiyu
(kufrga) qaytsalar, (unda) oldingilarning yo'li (ibrat sifatida) o'tgan.
Izoh: Ya'ni o'sha kufrda o'tganlarning kuni bular boshiga ham kelur.
Dostları ilə paylaş: