Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
113
(obro'yingiz) ketib qolur. Sabr qilingiz! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
47. O'z yurtlaridan - kibr va riyokorlik bilan chiqqan va Allohning yo'lidan to'sadiganlar kabi
bo'lmangiz! Alloh ularning qilayotgan ishlarini qamrab (hisobga) oluvchidir.
Izoh: Gap Makka mushriklari ustida borayotir.
48. O'shanda shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatli qilib ko'rsatib: "Bu kun odamlar ichida
sizlarga g'olib keladigani yo'q. Mana, men yoningizdadirman!" - dedi. Ikki to'p (lashkarlar)
to'qnashganda esa (shayton) ortiga chekinib: "Men sizlardan bezorman. Men sizlar ko'rmagan narsani
ko'rayapman. Men Allohdan qo'rqaman. Alloh jazosi qattiq (zot)dir", - dedi.
Izoh: Shaytonning ko'rgan narsasi - osmondan tushayotgan farishtalar edi. Ular musulmon lashkarlari ichiga
kirib, yov bilan urushib, g'alabaga sabab bo'ldilar.
49. Munofiqlar va dillarida "illat" bor kimsalar: "Ana u (musulmon)larni (o'z) dinlari mag'rurlantirib
qo'yibdi", - deb yurganlarini eslang!* Kimki Allohga tavakkul etsa (U inobatga oladi), albatta, Alloh
Dostları ilə paylaş: