"parda"ni bo'lib turadi va Uning (huzuriga) jam bo'lursizlar. Izoh: Ya'ni Alloh shu qadar insonga yaqin. 25. Sizlardan faqat zolimlargagina xos bo'lmagan (balki hammalaringizga ommaviy bo'ladigan) fitna (azob)dan saqlaningiz va bilib qo'yingizki, Alloh jazosi qattiq (zot)dir. Izoh: Arab tilida fitna oyatdagi sinov ma'nosida ham keladi. Demak, boylik va farzandlarni Alloh taolo bandalarini sinab ko'rish uchun berar ekan. Ya'ni boylikni xayrli ishlarga sarf etish, farzandlarga to'g'ri tarbiya berish orqali barkamol avlodni voyaga yetkazish lozimligi ma'lum bo'ladi. 26. Yana, sizlar Yerda (Makkada) ozchilik va zaiflashgan holingizda, odamlar (mushriklar) sizlarni talon-taroj qilib ketishlaridan qo'rqib turganingizda, sizlarga (Madinadan) joy berib, yordami bilan sizlarni quvvatlagani va shukr qilarsizlar, deb pokiza (ne'mat)lar bilan rizqlantirganini eslangizlar! 27. Ey, imon keltirganlar! Allohga va Rasulga (buyruqlariga) xiyonat qilmangiz va (bir-biringizdagi qo'ygan) omonatlaringizga (ham) bilib turib xiyonat qilmangiz! 28. Bilib qo'yingizki, albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz fitna (gunoh, azob va mashaqqat manbai)dir. Allohning huzurida (esa) ulkan mukofot (bordir). 29. Ey, imon keltirganlar! Agar Allohdan qo'rqsangiz, Sizlar uchun (haq bilan nohaqlikni) ajrim etuvchi (yordam)ni berur va gunohlaringdan o'tib, sizlarni mag'firat qilur. Alloh ulkan fazl sohibidir. 30. Kofir bo'lganlarning Sizni asir olish yo o'ldirish yoki (yurtdan) chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini eslang! (Ular) makr qiladilar, Alloh (ham) "makr" qiladi*. Alloh makr qiluvchilarning yaxshisidir. 31. Ularga oyatlarimiz o'qib berilsa, "Eshitdik, bas! Xohlasak, (biz ham) shunga o'xshash (oyatlar)ni