qilardilar. (Nuh) dedi: "Agar bizni masxara qilsangiz, sizlar masxara qilganlaringdek, biz ham (yaqinda) sizlarni masxara qilajakmiz. 39. Bas, yaqinda kimga xorlovchi azob va unga mangu azob tushishini bilursiz". 40. To Bizning buyrug'imiz (azobimiz-to'fon) kelib, ishlar keskinlashgach*, aytdik: "(Ey, Nuh!) Unga (kemaga) har bir (jonivor)dan bir juft - ikkitadan va ahling (oila a'zolaring)ni, illo (ahlingdan kimlarga g'arq bo'lishi haqida Bizdan) so'z kechgan bo'lsa, ular mustasno*, hamda imon keltirganlarni ort. " Vaholanki, u bilan birga imon keltirganlar ozchilikdir. Izoh: Ishning keskinlashuvi oyatda "tandir qizib ketgach" degan ma'noni anglatuvchi ibora bilan keltirilgan. Izoh(a): G'arq bo'lishi taqdirda belgilanganlar ichida Nuh (a. s.) ning bir Voila degan xotini va Kan'on degan o'g'li ham bor edi. Hammasi bo'lib kemada sog'-salomat qolganlar adadi to'g'risida turli rivoyatlar mavjud. Masalan 78, 72, 10, 8 kishi edilar. Yarmi ayollar edi, degan naqllar bor. 41. (Nuh) dedi: "Unga (kemaga) mininglar! Uning suzishi ham, to'xtashi ham Allohning ismi bilandir. Albatta, Rabbim kechirimli va rahmlidir". Izoh: Bu oyat boshqacha tafsirni ham ko'taradi. Masalan, "Allohning ismi bilan" iborasi tepaga qo'shilsa, Allohning ismi bilan mininglar, degan ma'no chiqadi. 42. U (kema) ularni tog'lardek to'lqinlar ichida olib borar ekan, Nuh chekkada turgan o'g'lini chaqirib dedi: "Ey, o'g'ilcham! Biz bilan birga (kemaga) mingin! Kofirlar bilan birga bo'lmagin!" 43. U (o'g'li) dedi: "Meni suvdan saqlaydigan biror toqqa (chiqib) panoh toparman". (Nuh) dedi: "Bugun U rahm qilganlardan boshqasiga Allohning amridan saqlab qoluvchi (hech qanday kuch) yo'qdir". (Shu payt) ikkisining o'rtasini bir to'lqin to'sdi va (o'g'li) g'arq qilinganlardan bo'ldi.