sig'iningiz! Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir! Sizlar (soxta ilohlarni) faqat o'zlaringiz to'qib oluvchisizlar. 51. Ey, qavmim! Cizlardan (elchilik xizmati uchun) haq so'ramayman. Mening ajrim (mukofotim) faqat meni yaratgan Zot zimmasidadir. Aqlni ishlatmaysizlarmi?! 52. Ey, qavmim! Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangiz, so'ngra Unga tavba qilingiz, shunda U osmondan (yomg'ir) yog'dirar va quvvatingizga quvvat qo'shar. Jinoyatchi bo'lib ketmangizlar!" Izoh: Istig'for aytib tavba qilish serobgarchilikka, serfarzandlikka sabab bo'lishi to'g'risida Nuh (a. s.) da'vatlarida ham qayd etilgan. (Nuh surasi 10,11,12-oyatlarga qarang). 53. (Ular) dedilar: "Ey, Hud! Bizga biror hujjat keltirmading. Biz sening (quruq) gaping bilan ilohlarimizni tark etuvchi ham, senga ishonuvchi ham emasmiz. 54. Biz seni balkim ilohlarimizdan birortasi chalib ketgandir, demoqchimiz. " (Hud) dedi: "Men Allohni guvoh qilaman va sizlar ham guvoh bo'lingizlarki, men sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman. 55. (Zero, u) Allohdan o'zgadir. Bas, endi hammangiz menga makr qilaveringiz, so'ngra menga (uni) kechiktirib o'tirmangizlar! 56. Men Rabbim va Rabbingiz - Allohga tavakkul qildim. O'rmalovchi (jonivor) borki, uning inon- ixtiyori (tasarrufi) Uning qo'lidadir. Albatta, Rabbim to'g'ri yo'ldadir. 57. Agar sizlar (imon va tavbadan) bosh tortsangiz, bas, sizlarga yetkazishim topshirilgan narsani sizlarga yetkazib bo'ldim. Rabbim sizlardan boshqa qavmni o'rinlaringizga xalifa qilib keltirur. Sizlar esa Unga zarar yetkaza olmaysizlar. Albatta, Rabbim hamma narsani qo'riqlovchidir". 58. Amrimiz (shamol azobi) kelgach, Hudni va u bilan birga imon keltirganlarni Bizdan (bo'lmish)