Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
142
76. (Farishtalar): "Ey, Ibrohim! Bu (bahs)dan qayt! Zero, Rabbingning amri (Lut qavmiga atagan
azobi) kelib bo'lgan. Ularga qaytarilmas azob kelgusidir!"
77. Elchilarimiz Lutning huzuriga kelganlarida ular sababli (holi) yomonlashdi va ular tufayli tashvish
chekdi* hamda "Bu – og'ir kun!" dedi.
Izoh: Tashvishlari - qavmi bularni ham buzib qo'ymasmikan, deb o'ylashlari edi. Zero, ular xushro'y yosh
yigitlar shaklida kelgan edilar.
78. Uning (Lutning) oldiga qavmi yugurib keldilar. Oldindan (ular) yomon ishlar (bachchabozlik) qilar
edilar. U (Lut) dedi: "Ey, qavmim! Ana ular qizlarim (Ularga uylaninglar). Ular sizlar uchun
pokroqdir*. Bas, Allohdan qo'rqingizlar va mehmonim oldida meni sharmanda qilmangizlar! Sizlarda
birorta to'g'ri odam yo'qmi?!" Izoh: Lut (a. s.) o'z qizlarini kofir qavmiga erga berishga rozi
bo'lishlarining sababi qadim davrdan to Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) ning ilk da'vat
zamonalarigacha musulmon qizni kofirga nikohi joiz bo'lgan. Rasululloh qizlaridan birini Abu
Lahabning o'g'liga nikohlab, keyinroq ajratib olganlari Islom tarixidan ma'lum.
79. (Ular) dedilar: "Bizning qizlaringga hojatimiz yo'qligini bilasan va bizning maqsadimiz ham senga
ma'lum".
Izoh: Maqsadlari - erkak jinsi bilan bo'lishlik edi.
Dostları ilə paylaş: