Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
147
12. Ertaga uni biz bilan birga jo'nating, yayrab o'ynasin! Biz uning uchun qo'riqlovchilarmiz".
13. (Ya'qub) dedi: "Uni olib ketishingiz meni juda tashvishlantiradi, sizlar undan g'aflatda bo'lgan
chog'laringda uni bo'ri yeb qo'yishidan qo'rqaman".
14. Aytdilar: "Agarda biz bir to'da bo'la turib, uni bo'ri yeb ketsa, unda biz rosa ziyon ko'ruvchilar
bo'lib qolamiz-ku?!"
15. Bas, uni olib ketishgach va uni quduqning qa'riga tashlashga kelishib olishgach (uni amalga
oshirdilar), (Biz) unga: "Akalaringga bu ishlari to'g'risida (kezi kelganda), albatta, xabar berursan,
lekin ular (haqiqatni) sezmaydilar", - deb vahiy qildik.
16. Otalari huzuriga oqshom paytida yig'lab kelishdi.
17. Aytdilar: "Ey, otamiz! Biz Yusufni matohlarimiz oldida qoldirib quvlashib ketsak, uni bo'ri yeb
ketibdi. Rost gapirsak ham, (baribir) siz bizga ishonuvchi emassiz".
18. Uning ko'ylagi uzra soxta qon bilan keldilar. (Ya'qub) dedi: "Yo'q! Sizlarni (o'z) nafsingiz (bunday
mudhish) ishga undagan. Bas, (mening burchim) chiroyli sabrdir. Sizlar tavsiflayotgan narsa ustidan
Alloh (menga) madadkordir".
Izoh: Soxta qondan murod kiyimlarini bir qo'zichoq qoniga bo'yab kelganlaridir.
19. (Yusuf uch kun yotgach) bir karvon keldi. Suv keltiruvchini yuborgan edilar, u chelagini (quduqqa)
Dostları ilə paylaş: