orttirmadi. 102. Aholisi zolim yurtlarni tutganda Rabbingizning tutishi shundaydir. Albatta, Uning tutishi alamli va shiddatlidir. 103. Albatta, bunda oxirat azobidan ko'rqqanlar uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar to'planadigan va hozir bo'linadigan kundir. 104. U (kun)ni faqat sanoqli muddatgachagina kechiktiramiz. 105. (U) kelgan kuni hech bir jon (egasi) Uning ruxsatisiz gapirmas. Ular ichida baxtsiz ham, baxtli (insonlar) ham bo'lur. 106. Bas, o'shanda baxtsiz bo'lganlar do'zaxda bo'lurlar va ular u yerda ingrab-hangrab tururlar Izoh: Ya'ni eshak ovoziga o'xshash baqiriq bilan ovoz qilurlar. 107. Modomiki (oxiratdagi) osmonlar va yer bor ekan, (ular) u yerda mangudirlar, illo Rabbingiz xohlagani bundan mustasnodir. Albatta, Rabbingiz istagan narsasini amalga oshiruvchidir! 108. Ammo baxtli bo'lganlar esa, bas, jannatda, to (oxiratdagi) osmonlar va yer turguncha u yerda mangu tururlar, illo Rabbingiz xohlagani bundan mustasnodir. (Bu) bitmas ne'matdir. 109. Ana o'sha (mushrik)lar sig'inayotgan narsa tufayli shubhada qolmang? (Ular) oldin ota-bobolari sig'ingandek sig'inaveradilar. Biz ham ularning ulushlarini kamaytirmasdan to'la beruvchidirmiz. 110. Musoga ham Kitob bergan edik. Bas, u haqda ixtilof qilindi. Agar Rabbingizdan (kechiktirish haqida) so'z kechmaganda edi, ularning o'rtalarida (shu dunyoda) hukm chiqarilgan bo'lur edi. Ular (mushriklar) u (Qur'on yoki azob) to'g'risida shak-shubhadadirlar. 111. Barchaga, albatta, Rabbingiz amallari (mukofoti va jazosi)ni mukammal berur. Zero, U (ularning) qilayotgan ishlaridan xabardordir. 112. Bas, buyurilganingizdek to'g'ri bo'ling! Siz bilan birga tavba qilganlar ham (to'g'ri) bo'lsinlar!