25. (Ikkisi) eshik tomon quvlashib ketdi (Yusuf qochdi, u quvdi) va (Zulayxo) uning ko'ylagini orqa tomondan yirtib yubordi. Eshik oldida xojasi (eri)ga yo'liqdilar. (Zulayxo) dedi: "Oilangga yomonlikni ravo ko'rgan kishining jazosi faqat hibsga olinish yoki alamli azobdir". 26. (Yusuf) dedi: "Uning o'zi mendan nafsim (jinsiy yaqinlik qilishim)ni talab qildi". Uning (Zulayxoning) qarindoshlaridan biri* guvohlik berib: "Agar uning ko'ylagi old (tomon)dan yirtilgan bo'lsa, u (Zulayxo) rost so'zlagan, u (Yusuf) esa yolg'onchilardandir. Izoh: Guvohlik bergan qarindoshi o'z amakisining norasida o'g'li edi. 27. Bordiyu ko'ylagi orqa (tomon)dan yirtilgan bo'lsa, u (Zulayxo) yolg'on so'zlagan, u esa rostgo'ylardandir". 28. (Zulayxonining eri uning) ko'ylagi orqa tomonidan yirtilganini ko'rgach: "Albatta, bu siz (ayollar)ning makrlaringizdir. Haqiqatan, sizlarning makringiz ulkandir. 29. Yusuf! Bu (ish)ni qo'ygin, sen esa (ey, Zulayxo) gunohing uchun kechirim so'ra. Zero, sen yanglishganlardan bo'lding", - dedi. 30. Shahardagi ayollar: "Hokimning xotini o'z xizmatkori bilan o'ynashmoqchi bo'libdi. Yuragidan urib qo'yibdi. Albatta, biz uni aniq adashganlikda deb bilurmiz", - dedilar. 31. Bas, (Zulayxo) ularning makrlarini eshitgach, ular huzuriga (odam) yubordi va ularga suyanib o'tiradigan joy hozirladi hamda ulardan har biriga bittadan pichoq berib (Yusufga): "Ular huzuriga chiqqin!" - dedi. Bas, uni ko'rishgach, unga mahliyo bo'ldilar va qo'llarini kesib oldilar hamda : "YO, Alloh! Bu bashar emas! Bu (azizu) mukarram farishtaning o'zginasi-ku!" - dedilar. 32. (Zulayxo) dedi: "Meni u to'g'rida malomat qilganlaring shu (yigit)dir. Haqiqatan, undan nafsi (jinsiy