Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
18
taniydilar va ulardan bir guruhi bila turib, (kitoblaridagi) haqiqatni sir tutadilar.
147. Haqiqat bu - Rabbingizdan (bo'lganidir). Bas, (Siz) shubhalanuvchilardan bo'lmang!
148. Har bir (dindor) uchun o'zi yuzlanadigan tarafi (qiblasi) bor. Bas, xayrli ishlarda o'zib ketingiz!
Qayerda bo'lmangiz, Alloh hammangizni (mahshargohga) keltiradi. Albatta, Alloh har narsaga qodirdir.
149. Qaysi joydan (safarga) chiqsangiz ham, (namozda) yuzingizni Masjidi Harom (Ka'ba tomon)ga
o'giring! Ushbu (buyruq) Parvardigoringiz tomonidan (aytilgan) haqiqatdir. Alloh qilayotgan
ishlaringizdan g'ofil emasdir.
150. Qaysi joydan (yo'lga) chiqsangiz, yuzingizni (namozda) Masjidi Harom tomonga o'giring! (Ey,
Dostları ilə paylaş: