Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
36
Izoh:Ularning buzuq e'tiqodlariga binoan, ular do'zaxda 40 kun yoki 7 kun jazolanar emishlar.
25. Ularni shubhasiz (keladigan) Kun (qiyomat)ga to'plaganimizda va har bir jonga zulm qilinmagan
holda o'z amallariga yarasha to'la jazo va mukofot berilganda, (hollari) ne kechar?!
26. Ayting: "Ey, hukmronlik egasi - Alloh, Sen xohlagan kishiga hukmronlik ato etursan va xohlagan
kishingdan hukmronlikni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan va xohlagan kishingni xor
etursan. Yaxshilik Sening qo'lingdadir. Albatta, Sen hamma narsaga qodirsan.
27. Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan. O'likdan tirikni chiqarursan va
tirikdan o'likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga behisob rizq berursan".
Izoh:O'likdan tirikni chiqarish deganda bir tomchi jonsiz shahvat suvidan jonzotni yaratishi, tuxumdan jo'ja
chiqarishi yoki kofirdan mo'min farzandni paydo qilishi, shuningdek, tirikdan o'likni chiqarish deganda
mazkurlarning aksini tushunish kerak bo'ladi.
28. Mo'minlar turganida mo'minlar kofirlarni do'st tutmasinlar! Kim shunday qilsa, Allohga hech
Dostları ilə paylaş: