Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
35
12. Kofir bo'lganlarga ayting: "Sizlar (bu dunyoda) mag'lub bo'lursizlar va (oxiratda) jahannamga jam
qilinursizlar. Naqadar yomon joy u!"
13. Sizlar uchun (ey, Makka mushriklari,) ikki to'qnashgan guruh (voqeasi)da ibrat bor. Qaysiki,
ulardan biri Alloh yo'lida jang qiluvchi, ikkinchisi esa kofir edi. Ular (mushriklar) ko'ziga ular
(musulmonlar) ikki barobar ko'p bo'lib ko'rindi. Alloh xohlagan kishilarni O'z yordami bilan qo'llab-
quvvatlaydi. Albatta, bunda ko'z egalari uchun ibrat bordir.
Izoh:So'z Badr jangi to'g'risida ketmoqda. Bu jangda musulmonlar soni Makka mushriklaridan kam bo'lishiga
qaramasdan g'alaba qozonganlar.
14. Odamlarga ayollar, farzandlar, uyum-uyum oltin-kumushlar, saman otlar, chorva va ekinlarga
nisbatan mehr qo'yish ziynatli qilib qo'yildi. Bular (aslida) dunyo hayotining (o'tkinchi) matohidir.
Dostları ilə paylaş: