Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


X. TRENING JARAYONIDA GURUHLAR BILAN ISHLASH



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

X. TRENING JARAYONIDA GURUHLAR BILAN ISHLASH 
10.1.Trening guruhlari haqida tushuncha 
Har bir shaxs о z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar la sirida amalga 
oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo shilmaydigan 
individning o'zi yo‘q, inson jamiyatda yashar ekan, u iloimo turli o‘ziga o'xshash shaxslar bilan 
muloqotda, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro‘y beradi. 
Psixologik ma’noda guruh - bu umumiy belgilar, nmumiy fooliyat, muloqot hamda umumiy 
maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin 
har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va 
o‘ziga xos qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ayni shu qonuniyatlami bilish esa turli tipli guruhlami 
boshqarish va ana shu guruhlami tashkil etuvchilami tarbiyalashning asosiy mezonidir. 
Guruhlaming turlari ko‘p, shuning uchun ham ulami turli olimlar turlicha klassifikasiya 
qiladilar. 
Bizning 
nazarimizda, 
G.M.Andreevanmg 
"Ijtimoiy 
psixologiya” 
darsligidagi 
klassifikasiya guruhlaming asosiy turlanm o‘z ichiga qamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini 
avvalo shartli va real guruhlarga bo'ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to‘plangan 
laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo'linadi. Konkret faoliyat va odamlaming ehtiyojlari 
asosida tashkil bo'ladigan bunday tabiiy guruhlaming o‘zi kishilammg somga qarab katta va kichik 
guruhlarga bo'linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilaming maqsadlari, fazoviy joylashishlari, 
psixologik xususiyatlanga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o‘z navbatida 
endi shakllanayotgan - diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasiga ko'tarila olgan jamoa 
turlariga bo linadi. 
Ma’lumki, guruhda to'plangan kishilar o‘rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud 


61
bo‘ladiki, ulaming mazmuni va yo'nalishiga ko'ra, o*ziga xos ijtimoiy psixologik muhit 
shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlami ham belgilaydi. 
Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda turli 
qarorlarm qabul qilish jarayom, guruhning har bir shaxsga ta’siri kabilar tushuniladi. 
Har qanday trener trening guruhlari bilan ishlash uchun guruh va uning qonuniyatlari haqidagi 
ma’lumotlami bilishi lozim.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin