O‟zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/17
tarix28.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#90804
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Qobulov (1921 yil 5 sentyabrda tug’ilgan) ning xizmatlari ulkan. U 1966 yildan 
kibernetika instituti va HM da direktor bo’lib ishlab keldi, respublikada bu soha 
bo’yicha ilmiy kadrlarni yetishtirib chiqarishda muhim ishlarni amalga oshirib 
kelmoqda. Asosiy ishlari hisoblash va amaliy matematika, mexaniqa masalalariga 
bag’ishlangan. 
Toshkent Davlat universitetida ehtimollar nazariyasi va matematik statistika 
hamda optimal boshqarish va differensial o’yinlar bo’yicha muhim ilmiy 
natijalarga erishgan akademik Tursun Abdurahimovich Azlarov (1938 yil 15 
fevralda tug’ilgan) va Nu‟mon Yunusovich Sotimov (1939 yil 15 dekabrda 
tug’ilgan) o’zbek matematika fanini rivojlantirishda va bu sohalar bo’yicha milliy 
mutaxassislar yetishtirish bo’yicha samarali ishlarni amalga oshirdilar. 
70-yillardan so’ng o’zbek matematikasi rivojida bir qator yosh 
matematiklarning fanda erishgan yutuqlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bulardan 
biri Shavkat Orifjonovich A l i m o v (2.03.1945 yilda tug’ilgan), 1968 yilda 
MDU ni tugatgan, 1973 yilda fizika-matematika fanlari doktori, 1974 yilda 
professor unvonlariga erishdi. 1974-1984 yillarda MDU da ishladi, 1984-1985 
yillarda ToshDU va matematika institutida, so’ngra esa 1985 yildan SamDU 
rektori, ToshDU rektori va respublika oliy va o’rta maxsus ta’limi vaziri 
lavozimlarida ishladi. Asosiy ishlari operatorlar spektral nazariyasi va matematik 
fizikaning chegaraviy masalalariga bag’ishlangan. 1985 yilda Beruniy nomli 
Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. 


Akademik Sh.Q.Farmonov 1941 yil 20 fevralda Farg’ona viloyatining 
Dang’ara qishlog’ida tug’ildi. 1958 yilda Farg’ona Davlat Pedagogika Instituti 
(hozirgi Farg’ona Davlat Universiteti)ning fizika-matematika fakultetiga o’qishga 
kirdi. Ikkinchi kurs oxirida Sh.Q.Farmonov o’zining dastlabki ilmiy ishini 
differensial tenglamalar bo’yicha professor J.X.Karimov (1909-1993) rahbarligida 
bajardi.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin