O‟zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti


Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix28.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#90804
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915-1995) va Sa‟di Hasanovich 
Sirojiddinov (1921-1989) . 


T.A.Sarimsoqov 1915 yil 10 sentyabrida Farg’ona viloyatining Shahrixon 
qishlog’ida tug’ildi (hozirgi Andijon viloyatining Shahrixon shahri) 1931 yilda 
Qo’qonda o’rta maktabning sakkizinchi sinfini tugatib, O’rta Osiyo davlat 
universitetining tayyorlov kursiga o’qishga kirdi. So’ngra fizika-matematika 
fakulteti talabasi bo’ldi. 
1936 yilda universitetni tugatgandan so’ng T.A.Sarimsoqov aspiranturaga 
kirib, uni V.I.Romanovskiy rahbarligida o’tkadi. 1938 yilda "Ikkinchi tartibli 
differensiadl tenglamalar ildizlarining taqsimoti va ba’zi algebraik tenglamalarni 
asimptotik yechish" nomli disssertasiyasini himoya qildi va dosent unvoni olib, 
umumiy matematika kafedrasini boshqardi. 
S.H.Sirojiddinov(1921-1989)
Sa’di Hasanovich Sirojiddinov 1920 yil 10 mayda Qo’qon shahrida 
tug’ilgan, shu yerda u boshlang’ich ma’lumotni ham oldi.1936 yilda Toshkent 
universiteti qoshidagi ishchilar fakultetiga o’qishga kirdi va uni tugatib, fizika-
matematika fakulteti talabasi bo’ldi, bu yerda u V.I.Romanovskiy rahbarligida 
bevosita matematika fani bilan shug’llanishga kirishadi. 
1942 yilda ikkinchi jahon urushining ayni avjida S.X.Sirojiddinov 
universitetni bitirdi va Xo’janddagi Gidrometerologik Oliy harbiy instituti 
qoshidagi sinoptiklar kursini o’qigandan so’ng 1945 yil oktyabrgacha injener-
sinoptik sifatida harbiy xizmatni o’tadi. 
Urushdan so’ng S.X.Sirojiddinov O’zbekiston FA matematika va mexanika 
Instituti qoshidagi aspiranturaga o’qishga kirdi. V.I.Romanovskiy rahbarligida 
ehtimollar nazariyasi va mattematik statistika nazariyasi bilan bog’liq klassik 
analizning ba’zi muammolarini tadqiq etish bilan shug’ullandi. Olingan natijalar 
uning 1947 yilda himoya qilingan "Ko’p o’lchovli Ermit polinomlar nazariyasining 
ba’zi masalalari haqida" nomli dissertasiyasiga kirdi. O’sha yildan boshlab 
S.X.Sirojiddinov matematika va mexanika Institutining katta ilmiy xodimi 
vazifasida ishlay boshladi. 
1948 yilda Toshkentda matematik statistika bo’yicha Ikkinchi kengash 
bo’lib, unda A.N.Kolmogorov, B.V.Gnedenko va V.Smirnov kabi atoqli olimlar 
qatnashdilar.O’zbekiston matematiklari uchun kengash katta ahamiyatga ega edi, 
chunki sinoptik meteoreologiyada, ishlab chiqarishda va mahsulot sifatini nazorat 
qilishning statistik metodlarini ishlab chiqish bo’yicha tadqiqotlarning o’sha 
davrda eng dolzarb yo’nalishlari aniqlangan edi.Bu kengash S.X.Sirojiddinovning 
ilmiy faoliyatida katta rol o’ynadi, chunki u A.N.Kolmogorovga tanishtirilib, u esa 
o’z navbatida uni Moskvaga doktoranturaga yuborilishiga rozilik berib, uning 
ilmiy maslahatchisi bo’ldi. Keyinchalik ular o’rtasida samimiy do’stona 
munosabatlar saqlanib qoldi. 


S.X.Sirojiddinov 1949 yildan 1952 yilgachsa V.A.Steklov nomidagi 
Matematika institutining doktoranti bo’ldi, 1953 yil kuzida esa mazkur Institut 
Ilmiy kengashida "Bir jinsli Markov zanjirlari uchun limit teoremalar" 
mavzusidagi doktorlik dissertasiyasini himoya qildi.1955 yilda ish monografiya 
shaklida chop etildi. 
S.X.Sirojiddinov 1954 yildan 1956 yilgacha Moskva davlat universitetining 
ehtimollar nazariyasi kafedrasining katta ilmiy xodimi bo’lib ishladi, professor 
ilmiy unvoniga tasdiqlandi. 
O’zbekistonda kibernetikani rivojlantirishda akademik Vosil Qobulovich 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin