universitet tashkil etilganidan boshlangan bo’lib,
unga atoqli matematik olim
Vsevolod Ivanovich Romanovskiy (1879-1954) asos solgan. Umuman ushbu
sohada O’zbekiston olimlarining o’tgan davrdagi
barcha yutuqlari shu buyuk
insonning nomi bilan bog’liq bo’ldi. O’zbekiston FA akademiklari T.N.Qori-
Niyozov, T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojiddinov, K.I.Lapkin, PFA akademigi
A.I.Markushevich,O’zbekison FA muxbir a’zolari I.S.Arjanix,professorlar
N.I.Nazarov, V.N.Peregudov, M.I.Eydelman, M.K.Kamolov, X.M.Mushtariy va
boshqa ko’plab olimlar fanga yo’lni uning ta’sirida boshlaganlar.
O’zRFA (1943) tashkil topgan kundan boshlab uning xaqiqiy a’zosi,
fizika-
matematika bo’limining raisi bo’ldi. Professor Romanovskiy qoldirgan bebaho
merosni
Toshkent
matematika
maktabi
an’analarini
T.A.Sarimsoqov,
S.H.Sirojiddinovlar muvaffaqiyatli davom ettirdilar.
Universitet dargohida talantli yosh matematiklar o’sib chiqa boshladi.
Shundaylardan biri
Nikolay Nikolayevich Nazarov (1908-1947) edi. U o’rta
maktab ma’lumotini oilada olib, 12 yoshidayeq Turkiston
davlat universitetiga
kirish imtihonlarini a’lo baholarga topshirib, Romanovskiy iltimosiga ko’ra
universitet talabasi qilib qabul qilindi.
Respublikamizda
matematikaning
rivojlanishida
birinchi
o’zbek
matematiklaridan biri
Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy (1896-1970)
muhim ishlarni amalga oshirdi. O’zbek matematika atamashunosligining
shakllanishiga katta hissa qo’shdi. O’zbek tilida matematika bo’yicha o’quv
qo’llanmalarini yozdi: «Matematik analizning asosiy kursi va «Analitik geometriya
asosiy kursi» (1937) kitoblaridir.
Endi V. I. Romanovskiyning ikki shogirdi to’g’risida hikoya qilamiz.
Haqiqatan, ular ikkalasi ham Farg’ona vodiysida tug’ilib o’sgan va o’zbek
matematikasi rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan olimlardir.
Bular
Dostları ilə paylaş: