I BOB MATEMATIKANING RIVOJLANISH DAVRLARI 1.1-§ Matematika rivojlanish davrlarining qisqacha bayoni Matematikaning rivojlanish davrlarini A. N. Kolmogorov quyidagicha
bayon etgan edi:
1. Matematikaning paydo bo’lish davri (kishilik jamiyati paydo bo’lgandan
to miloddan avvalgi VI asrgacha), bu davrda ulkan ma’lumotlar majumasi
to’plandi.
2. Elementar matematika davri (miloddan avvalgi VI-V asrlardan boshlanib,
to milodning XVI asr oxirigacha).
3. O’zgaruvchi miqdorlar matematikasi davri, uni shartli ravishda «oliy
matematika» davri deb atasa ham bo’ladi (XVII-XVIII asrlar).
4. Hozirgi zamon matematikasi davri (XIX-XX asrlar matematikasi ).
Birinchi davrda kishilar ilk matematik tushuncha va tasavvurlarga ega
bo’ldilar. By davrning asosiy tushunchasi son bo’lib, u asta-sekin shakllana bordi,
turli sanoq sistemalari yaratildi. Eramizgacha bo’lgan ming yillik davrida bir qator
sanoq sistemalari paydo bo’lgan.
1. Nopozision sanoq sistemalari. Bunday sistemalarda «asosiy sonlar»
tanlanib, ular maxsus belgilar bilan belgilangan. Masalan, Rim sanoq sistemasida
1, 5, 10, 50, 100, 500 va 1000 asosiy sonlar sifatida tanlangan va mos ravishda I
(«i»), V («ve»), X («iks»), L («el»), S («se»), D («de») va M («em») harflari bilan
belgilangan. Belgilashlar mos tartib sonlarni kishi barmoqlari va panjalari orqali
ifodalash tasvirlaridan (I — barmoq, V- besh barmoqli panja, X- ikkita panja)
hamda lotin so’zlari qis- qartmalaridan (centum — yuz, demimille — besh yuz,
milIye — ming so’zlarining bosh harflari) kelib chiqqan.
Rim sanoq sistemasi
Qadimgi nopozision sanoq sistemalari(Gresiya: attik va ionik) Qadimgi Misr sanoq sistemasi