yildagi qo’lyozmasida topish mumkin. Keyingi 876 yilda yozilgan qo’lyozmada
nol ham paydo bo’ldi -unda 270 soni yozilgan edi.
Nolning nomlaridan biri
«shunya»(bo’sh) ni arab olimlari «sifr» deb atay boshladilar, yevropaliklar esa uni
lotin tilida kabi yoza boshladilar, shunday qilib, «sifra» atamasi paydo bo’ldi.
Pozision sanoq sistemasi – hind matematikasining eng buyuk yutug’i
hisoblanadi.
Bizning arifmetika shubhasiz Hindistonda tarkib topgan. Hind olimlari o’nli
pozision sanoq sistemasiga asoslangan arifmetik
ammallar qoidalarini ishlab
chiqdilar, ular to’rtta arifmetik amal, kvadrat va kubga ko’tarish, kvadrat va kubik
ildiz chiqarish qoidalarini yaratdilar. Hisoblashlar tuproq yoki qum bilan
qoplangan taxtachalarda bajarilar edi.
Hind matematikasining yana bir buyuk yutug’i
algebraik belgilashlarning
yaratilishidir. Birinchi marta noma’lumlar, ozod had,
darajalar bilan
shug’ullandilar.
Hind matematiklari manfiy sonlarni kiritdilar va to’g’ri tavsif-ladilar.
Masalan,
Braxmagupta (598 yilda tug’ilgan) musbat sonlarni mayn,
manfiy
sonlarni borg deb atagan va bu atamalardan foydalanib rasional sonlar ustiga
amallar bajarish qoidalarni bergan.
Kalendar-astronomik masalalar hind matematikalarini diofant tenglamalarini
yechishga
olib keldi, u paytda ularni yechish katta axamiyat kasb etar edi.
Dostları ilə paylaş: