III. TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELINI BOSHQARISHNI
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
3.1. Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishda yuzaga kelayotgan
muammolar
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi
avvalambor, unda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari bilan chambarchas
bog‘liq. Bank tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy sohadagi
ustuvor vazifalarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikamiz bank
faoliyati, tijorat banklari rivojlanishi, ularning erkinlashuvi juda murakkab
muhitda, ya'ni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy raqobat muhitida shakllanmoqda.
Bugungi kunda bank faoliyatini erkinlashtirish sharoitida banklararo
raqobatning
kuchayishi
va
uning
takomillashuvi
zaruriyatga
aylanib
bormoqda.Bank faoliyatida raqobatning xarakteri bozor xarakteri bilan belgilanadi.
Kuchli raqobat sharoitida banklarning samarali faoliyat olib borishlari uchun
kuchli kredit siyosatiga zarurat tug‘iladi. Bugun iqtisodiy jarayonlar respublikamiz
tijorat banklarida yetarli resurs mablag‘lar bo'lishini, mavjud mablag‘larni eng kam
risk asosida joylashtirib, yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo'lishni ko'zda
tutadi.Yuqori daromad olish esa, o'z navbatida, banklar olib boradigan
operatsiyalarning risklilik darajasini oshiradi, chunki banklar asosan chetdan jalb
qilingan resurslar bilan ishlaydilar. Ular bir tomondan, o'z aktsiyadorlari oldida
javobgar bo'lsalar, ikkinchi tomondan, o'z mablag‘larini ishonib topshirgan va
bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlar oldida majburiyatga egadirlar.
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini to'la-to'kis olib borish ular
tomonidan kredit siyosatining qay darajada tashkil etilganligiga bog‘liq. Har bir
bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy vaboshqa jihatlarni hisobga olgan holda, o'z kredit
siyosatini shakllantirishi bank kreditlashining muhim jihati hisoblanadi. Bu
kreditlarni boshqarishning asosi hisoblanadi.
Oqilona kredit siyosati bank kredit portfeli sifatining oshishishga olib keladi.
Tegishli ravishda, kredit siyosatining maqsadi, huquqiy tartibga solish diapozoni,
mablag‘ olish imkoniyati, eng yuqori risk darajasi, ssuda portfeli balansi,
muddatlar bo'yicha majburiyatlar va aktivlar tuzilmasini hisobga olish kerak.
Shuningdek, kredit siyosatini ishlab chiqishda asosiy tamoyillarga alohida e'tibor
qaratish lozim.
Tijorat bankining optimal kredit siyosatini xarajatlarni qoplashga imkon
beruvchi va ma'lum darajada foyda keltiruvchi siyosat sifatida tavsiflash mumkin.
Tijorat banklari kredit siyosatini to'g‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi, chunki kredit operatsiyalari bank operatsiyalari ichida asosiy o'rinni
egallaydi. Shundan kelib chiqib, bank daromadining asosiy qismini bank kredit
operatsiyalaridan keladigan daromad tashkil etadi. Bank kredit siyosatini to'g‘ri
tashkil etish, kredit riskini kamaytirishga xizmat qiladi. O'z navbatida esa, bank
kredit portfelini boshqarish tartibi bank kredit siyosati orqali belgilanadi.
Hozirgi davrda tijorat banki kredit portfelini boshqarishning asosiy vazifalari
sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tishimiz mumkin:
•
kredit riski darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni
baholash;
•
ssudalarni risk guruhlari bo'yicha tasniflash;
•
kredit portfelini kredit risklari, mijozlar tarkibi va ssudalar tarkibi
bo'yicha
optimallashtirish;
•
qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy
ahvolining, kredit riskini prognoz qilish maqsadida o'zgarishi ehtimolini aniqlash;
•
muammoli ssudalarni oldindan aniqlash;
•
yaratilayotgan zahiraning yetarliligini baholash va uni o'z vaqtida
to'g‘rilab borish;
•
kredit qo'yilmalarini diversifikatsiya qilishni, ularning likvidliligini va
daromadliligini ta'minlash;
•
bankning kredit siyosatini ishlab chiqish va uni kredit portfelining
sifati tahliliga asoslangan holda to'g‘rilab borish
31
.
31
Tuxtabaev U.A. Muammoli kreditlar va ularni bartaraf etish yo'llari: Iqtisod fanlari nomzodi ... Dis.avtoreferati.-
T.: BMA, 2007.- 20b.
Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishda yuqoridagi tamoyillarga amal
qilish, bankning kredit faoliyati samaradorligini oshiradi, o'z navbatida, bankning
ko'radigan foydasi ham oshadi. Kuchli raqobatchilik muhitida bank kredit
siyosatida kredit menejmentiga alohida e'tibor berish muhimdir, bu bankka bozor
sharoitida samarali faoliyati yurgizishi uchun zarur.
Ma'lumki, tijorat banklari faoliyatida olinadigan foydaning 80-85 foizgacha
bo'lgan qismi uning kredit operatsiyalariga to'g‘ri keladi. Shu sababli ham, har
qanday bank o'zining aniq va yo'naltirilgan kredit siyosatiga, kredit portfelini
samarali boshqarish mexanizmiga ega bo'lishi shart. Bu esa bank tomonidan
beriladigan kreditlarning o'z vaqtida to'liq so'ndirilishi va bank foydasining
kafolatidir.
Hozirgi vaqtda bank kredit portfelini boshqarishdagi muammolar asosan
bozor munosabatlariga o'tish sharoitidagi iqtisodiyotning ahvoli bilan bog‘liq
bo'lgan muammolar hisoblanadi.
Jumladan:
•
kredit risklarini yuzaga keltiruvchi omillar eng avvalo bank tomonidan
anik kredit siyosatining ishlab chikilmaganligi;
•
kredit siyosatining keragidan ortiq agresiv tashkil qilinganligi
(kreditlarning aktivlardagi ulushi 65 % dan ortiq bo'lganda);
•
tarmoqlar va operatsiyalar bo'yicha diversifikatsiyaning to'g‘ri tashkil
qilinmaganligi;
•
blankli (ishonch asosidagi) kreditlarning kredit portfelidagi ulushining
ko'pligi;
•
insayderlar bilan shartnomalar hajmining ko'pligi;
•
bank mutaxasislarining yuridik jihatdan yetarli tajribaga ega
bo'lmaganliklari;
•
olinayotgan garovlarning to'g‘ri tanlanmasligi. Bu bo'yicha ham yurist
xulosasini olish o'ta muhimdir. Bugungi kunda kredit faqat garov yoki kafolat xati
asosida berish mumkin lekin garovni realizatsiya qilish bo'yicha yetarli mexanizm
yo'qligi bu narsaning yanada riskini oshiradi;
•
kredit talabi bilan kelgan mijozlar haqida ma'lumotlarning yo'qligi
yoki ularni yig‘ishning qiyinchiliklari ham mavjuddir;
•
kredit olgan mijoz korxonalarda (ayniqsa ilgaridan faoliyat ko'rsatib
keluvchi korxonalarda ) rahbarlarning tez tez almashib turishi ham o'ziga yarasha
riskli holatlarni yuzaga keltirmokda;
•
bundan tashqari kredit portfelining katta qismini bir tarmoqqa tegishli
mijozlar tomonidan egallab olishi holatlari;
•
moliyaviy hujjatlar tahliliga yuzaki yondashish;
•
mijoz talab qilgan mablag‘ning to'liq asoslanganligini aniqlashda
qo'yilgan xatoliklar;
•
ilgaridan tajribasi bo'lmagan faoliyatni boshlagan mijozlarga kredit
berish;
•
yangi tashkil etilgan mijozlarning kredit portfelidagi ulushi;
•
ta'minotlarning yetarli bo'lmasligi (garov bahosining asossiz ravishda
yuqori bo'lishi);
•
hujjatlarni tayyorlashda yo'l qo'yilgan xatoliklar (bank manfaatlarini
yetarli himoya qilinmasligi);
•
berilgan kredit bo'yicha muddat aniqlashda xatoliklarga yo'l qo'yish;
•
qarzning so'ndirilish davrida yetarli nazoratning bo'lmasligi.
Yuqoridagi
bayon
qilingan
barcha
muammolar
hozirgi
kunda
respublikamizda mavjud bo'lgan barcha tijorat banklari uchun dolzarb, birlamchi,
muammolar bo'lib hisoblanadi.
Banklarning kredit faoliyatini tekshirish amalda shuni ko'rsatadiki, bankning
ichki me'yoriy hujjatlari va ushbu me'yoriy hujjatlarda mujassam bo'lgan kreditlash
tartibotlari muammoli kreditlar paydo bo'lishidan ularni ko'p hollarda to'liq himoya
qila olmaydi. Mazkur me'yoriy hujjatlarga kredit bo'limining Nizomi va mansabdor
shaxslar tomonidan qaror qabul qilinishi muvofiqlashtiruvchi yo'riqnoma
ko'rinishidagi materiallar, vakolatlar taqsimoti, kredit berish to'g‘risidagi
ko'rsatmalar, Kredit qo'mitasi to'g‘risida Nizom va boshqa shu kabilar kiradi.
Ushbu me'yoriy hujjatlarni mavjudligi banklarda kredit ishini maqsadga muvofiq
tashkil qilinishiga sharoit yaratadi hamda xodimlarning o'z vazifalariga bo'lgan
mas'uliyatni oshiradi.
Ma'lumki,
ko'p
holatlarda
katta
miqdordagi
kreditlar
bankning
hissadorlariga, ya'ni bankka aloqador bo'lgan shaxslarga beriladi.Bunda ular
kelishilgan xolda bir biriga kafolatlar berib, ba`zi holatlarda kredit taqdim
etayotgan bankka xech qanday hujjatlar bermaydilar.Natijada, bunday tartibda
taqdim etilgan kreditlar muammoli kreditlarga aylanib, ularning muddatlari bir
necha marotaba uzaytiriladi.
Qarz oluvchining garov majburiyatlari rasmiylashtirilishi jarayonida
bankning mutasaddi xodimlari tomonidan ushbu jarayonga yetarli darajada e'tibor
berilmagan. Natijada shunday holatlar aniqlanganki, qarz oluvchi o'zining xususiy
bo'lmagan dala xovlisini yer uchastkasi deb garovga qo'ygan va shunga
qaramasdan bank tomonidan unga kredit ajratilgan. Bundan tashqari garovga
qo'yiladigan mahsulotning sertifikati, narxi to'g‘risidagi ma`lumot hamda zarur
bo'lgan boshqa sug‘urta hujjatlari yetishmaydi. Yoki sug‘urta hujjatlari keraklicha
to'liq bo'lmasligi va noto'g‘ri rasmiylashtirilishi ko'p uchraydi. Ayrim holatlarda
sug‘urta badalini qarz oluvchi tomonidan to'lamaganligi sababli sug‘urta
shartnomasi yuridik kuchga ega bo'lmay qoladi, natijada taqdim etilgan kredit
qaytmaslik xataridan xaqiqatda sug‘urtalanmagan bo'lib qoladi. Bu esa o'z
navbatida bank kredit portfeli sifatining pasayishi va unda muammoli kreditlar
salmog‘ining o'sishiga olib keladi.
Hozirgi kunda ayrim sug‘urta kompaniyalari o'z majburiyatlari yuzasidan
ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra o'z vaqtida javob bera olmay qolmoqda. Bu
esa o'z navbatida bank kreditlarining qaytmaslik xatarini o'stirib yubormoqda.
Yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarga yo'l qo'yilmaslik uchun O'zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining ushbu boradagi yo'riqnomalari va tijorat
banklarining kredit siyosatlari hamda kreditlash yuzasidan ichki kredit tartibotlari
talablariga qat'iy rioya etish zarurdir.
Bundan
tashqari
kredit
portfelini
tavakkalchiliklar
bo'yicha
divesifikatsiyalash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun taqdim etilayotgan
kreditlarni turli tarmoqlarga ajratilayotganligi, muddatlari jixatidan to'g‘ri
shakllanganligi,
muddatida
qaytmayotgan
kreditlar
ustidan
nazorat
kuchaytirilganligi, muammoli kreditlarga tegishli miqdorda zaxiralar xosil
qilinayotganligi monitoring qilinadi. Ushbu tadbirlarning barchasi tijorat banklar
kredit portfellari sifatini yomonlashuvining oldini olish imkonini beradi.
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari kreditlash jarayonini
takomillashtirish uchun mazkur yo'nalish bilan bog‘liq o'z faoliyatlarini amalga
oshirishda o'z kredit portfellarini iloji boricha ko'proq chuqur tahlil kilib borishlari
lozim.
Bizga ma'lumki, mijozlar tomonidan kreditni qaytarish istiqbolini aniq
baholash va yo'qotishlar miqdorini kamaytirish maqsadida muqobil xarakatlar
dasturini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Kreditlarni qaytarishdagi muammolarni o'z
vaqtida aniqlash va tegishli choralarni ko'rish natijasida muammoli kreditlarning
ma'lum qismini bank uchun zararga aylanishiga chek qo'yish mumkin.
Ayni vaqtda bir qator ob'ektiv va sub'ektiv omillar ta'sirida vaziyat shunday
shakllanishi mumkinki, bunda ko'rilgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan,
faqat kreditni undirish strategiyasini ishlab chiqish mumkin emas. Kreditlarni
berish shartlarini turlicha ekanligi va muammoli ssudalarning yuzaga kelishidagi
sharoitlarning bir xilda emasligi har bir muammoli ssudaga individual
yondashuvini talab qiladi, ammo shunga qaramasdan muammoli kreditlarni
undirish yuzasidan umumiy tizim ishlab chiqilishi lozim. Shunisi xarakterliki,
kreditni undirish strategiyasini mijoz ahvolini oldindan tahlil qilmasdan turib,
aniqlash mumkin emas.
Shu boisdan mijozning moliyaviy ahvolini baholash va vaziyatini kelgusida
rivojlanish prognozini ishlab chiqish zarur.
Shuningdek, garovni joriy qiymatini belgilab va sotilishi mum-kin bo'lgan
alohida aktivlarning joriy qiymatini belgilab olish mumkin. Kreditlarni undirish
ehtimolini quyidagi holatlarda taqqoslash maqsadga muvofiqdir:
1.
Kreditlashning qo'shimcha hajmlarini berish;
2.
Mavjud qarzni undirilishini zudlik bilan talab qilish;
3.
Qarzni restrukturizatsiya qilish;
4.
Foizlarni to'lash muddatini uzaytirishga ruxsat berish.
Bank muammoli kreditlarni undirish strategiyasini ishlab chiqish uchun
avval mijoz to'g‘risida yetarli darajada ma'lumotlar to'planishi zarur.Buning uchun
esa mijozning joriy ahvolini qo'shimcha tarzda mukammal tahlil qilish
lozim.Tahlilni amalga oshirish uchun bank yetarli darajada ichki resurslarga ega
bo'lishi kerak.Ayrim tijorat banklari o'zlarining ixtisoslashtirilgan bo'limlarini
tashkil qiladilar, ko'pchilik tijorat banklari esa xolis auditorlik firmalarini maxsus
tahlilini amalga oshirish uchun jalb etadilar.Zarur ma'lumotlarni yig‘ish uchun
bank xodimlari, ya'ni auditorlarning mijoz bilan uzviy aloqada bo'lishi zarurdir
32
.
Kredit shartnomalarini tuzilish oqibatlari, hujjatlarda aniq aks ettirilgan
bo'lishi shart.Bunday oqibatlar odatda bank tomonidan qarzni undirish to'g‘risidagi
talabni qo'yilishini anglatadi.
Bank har bir konkret vaziyatda qarzni talab qilishi huquqidan foydalanishini
maqsadga muvofik ekanligini anglab olishi kerak.Agarda qarzni zudlik bilan
undirish maqsadga muvofiq bo'lmasa, unda kreditni restrukturizatsiya qilish
shartlari aniqlab olinishi lozim.Rivojlangan xorijiy davlatlarda mijoz bir vaqtning
o'zida bir necha bankdan kredit olish huquqiga egadir. Shu sababli bank o'z
mijozini boshqa banklardan olgan barcha kreditlari va ularni shartlari to'g‘risidagi
ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim. Shuningdek ushbu mijozning har bir kreditlarini
ustun jihatlari to'g‘risida ma'lumotga ega bo'lishi lozim.
Bank muammoli kreditni undirish uchun ixtiyorida qancha vaqt qolganligini
aniq bilishi va u kreditni undirish yuzasidan ko'rayotgan chora-tadbirlarni qarzni
qaytarish imkoniyatlariga salbiy ta'sir qilmasligiga ishonishi lozim. Kreditni
qoplashni to'lovga noqobil qarzdorlariga nisbatan (qo'llaniladigan tadbirlar
doirasida yoki bu doiralardan tashqarida amalga oshirilishi mumkin, birinchi
holatda huquqiy tadbirlar qo'llaniladi. Ikkinchi holatda esa qarzdor korxonani qayta
tashkil etish va kreditorning qarzini restrukturizatsiya qilish talab qilinadi:
32
Tuxtabaev U.A. Muammoli kreditlar va ularni bartaraf etish yo'llari: Iqtisod fanlari nomzodi ... Dis.avtoreferati.-
T.: BMA, 2007.- 20b.
-
qarzdorlarning moliyaviy ahvoli yomonlashishi sababli to'lovning
dastlabki shartlari o'zgargan kreditlar. Agar bank tomonidan quyidagi amallarning
hech bo'lmaganda bittasi bajarilsa, kreditlar restrukturizatsiyalangan hisoblanadi;
-
foiz stavkasining kamaytirilishi yoki hisoblangan foizlarning undirib
olinmasligi;
-
jami asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan voz kechishi;
-
kreditni to'lash muddatini kechiktirilishi yoki uzaytirilishi;
-
foizlarga doir to'lovlarnning bir qismi yoki umumiy miqdoridan voz
kechish;
-
oddiy sharoitlarda qarzdorlarga berilmay, balki kreditni res-
strukturizatsiyalash zarurligi natijasida qilinishi mumkin bo'lgan yoki yon
berishlar.
Ko'pchilik hollarda tijorat bankini, mijozning faoliyati yangi investorlarini
jalb qilish va ushbu korxonani yanada rivojlantirish maqsadida saqlab qoladigan
bo'lsa, muammoli kreditni undirish imkoniyati yuqori bo'ladi.
Bunday holatda bank ushbu korxonaga o'zini tiklab olish uchun ajratilgan
oraliq davrida moliyaviy yordam berishi kerak.Operatsiyalarda ishtirok etayotgan
kreditlarning har birining manfaatlarini hisobga olish zarur.
Korxonani qayta tashkil etish muammoli kreditlarni undirish strategiyasining
keng
tarqalgan
usullaridan
biri
hisoblanadi.Bunda
mijoz
faoliyatini
mo'tadillashtirish maqsadida moliyalashtirish amalga oshiriladi.Odatda bunday
hollarda tijorat banklari berilgan kreditlarni muddatini uzaytirishga, foizlarni
to'lash muddatini kechikti-rishga rozi bo'ladi.
Ayrim tijorat banklari hatto mijozning moliyaviy holatini yaxshilash
maqsadida unga qo'shimcha pul mablag‘i beradi.Ayrim hollarda, masalan mijoz
yaqin kelajakda qarzni qaytarish qobiliyatiga ega bo'lmasa, qarz summasining
ma'lum qismi korxonaning oddiy operatsiyalari aylantiriladi.Ana shunday yo'l
bilan bank va-killarini korxona boshqaruv organlariga kiritish ta'minlanadi. Bank
bergan kreditlarni nazorat qilib turish zarur va bu zarurat berilgan kreditni o'z
vaqtida qaytarilishini, kelishilgan shartlarni to'g‘ri bajarilishini va bu kreditlarning
oxir-oqibatda muammoli kreditlar qatoriga qo'shilib ketmasligini ma'qullashga
qaratilgandir. Shu bilan bir qatorda paydo bo'ladigan muammolarni o'z vaqtida
aniqlash va ularga qarshi choralar ko'rishdir. Bundan kelib chiqadigan maqsad
shundan iboratki, berilgan kreditlar bo'yicha muammolar paydo bo'layotganini
oldindan aniqlasa, bank mijoz bilan maslahatlashgan holda, uzoq kelayotgan
muammoni oldini olishi mumkin.
Banklar eng avvalo bergan kreditlarini foizlari bilan hech qanday
muammosiz va oshiqcha sarf-xarajatsiz ishlatib foyda olishni hoxlaydilar. Berilgan
kreditlar ustidan keyingi nazorat bank rahbariyati uchun nafaqat qarzdor ustidan
nazorat qilishdir, balki kredit bo'limi mutaxassislarining bankning kredit siyosatiga
qay darajada rioya qilayotganligini nazorati hamdir.
Dostları ilə paylaş: |