Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


-jadval  Kredit portfeli sifatini yaxshilash uchun risklarni boshqarish sxemasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/33
tarix30.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#91468
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
8-jadval 
Kredit portfeli sifatini yaxshilash uchun risklarni boshqarish sxemasi
33
 
Tijorat banklar tomonidan amalga oshirilgan kredit amaliyotlarini 
baholovchi keyingi ko'rsatkich – bir qarz oluvchiga to'g‘ri keladigan 
ta'minlanmagan kreditning eng yuqori miqdori ko'rsatkichi. (Eng yuqori 0,05). 
Mazkur normativning bajarilishi bankning kredit riskidan sezilarli darajada 
himoyalanish imkonini beradi. Chunki mijozning pul oqimiga tashqi ta'sirlar kuchli 
tarzda ta'sir etib, xozirgi sharoitda ta'minlanmagan ssudalarni bitta mijozga yoki 
33
Abdullaeva SH.Z. Bank risklari va kreditlash.- T.: Moliya, 2002. 65-78 b. 
Kredit risklarini yuzaga kelishini oldini 
olish 
Muammolarning yechimi 
Risk ehtimollarini kamaytirish 
Qarzdorning kreditga layoqatlilik 
ko‘rsatkichlarini baholash. 
Bu metodda tijorat banki mijozlarining holati va 
kreditga 
layoqatliligini 
ularning 
moliyaviy 
hisobotlaridan kelib chiqqan holda baholash, ya’ni 
kredit layoqatliligi bo‘yicha qaysi sinfga kirishini 
aniq formulalar yordamida hisoblash tushuniladi. 
Bir qarzdorga va o‘zaro daxldor 
shaxslarga beriladigan kreditning hajmini 
kamaytirish. 
Bu metod tijorat banki tomonidan mijozning kreditga 
layoqatliligi ko‘rsatkichi aniq hisoblab bo‘lmagan 
holatlarda qo‘llaniladi. 
Kreditlarni 
turli 
xil 
risklardan 
sug‘urtalash. 
Bunda bank ajratayotgan krediti qaytmaslik riskidan 
sug‘urtalash nazarda tutilib, risklilik darajasini 
pasaytirish uchun ushbu metoddan foydalanadi. 
Yetarli ta'minotni talab qilish. 
Bunday usul bankdan berilgan summaning qaytishini 
va foiz olishini kafolatlaydi. Kredit riskidan 
himoyalanishda asosiy e'tibor zararlarni qoplash 
uchun mo'ljallangan yetarli ta'minotni jalb qilishga 
emas, balki ushbu zararlarga yo'l qo'ymaslik uchun 
qarzdor kreditga layoqatliligini tahlil qilishga 
qaratiladi. 


mijozlar guruhiga yirik miqdorda berilishi bankni jiddiy tarzda riskga duchor 
qilishi mumkin. 
Tijorat banklar tomonidan amalga oshirilgan kredit amaliyotlarini 
baholovchi yana bir ko'rsatkich – bank tomonidan beriladigan yirik kreditlarning 
umumiy miqdori ko'rsatkichi. (Eng yuqori 8).Ya'ni bank tomonidan beriladigan 
barcha yirik kreditlar miqdori birinchi darajali bank kapitali summasining 8 
barobaridan oshib ketmasligi lozim.Yirik kredit deganda, bitta mijozga beriladigan, 
bank kapitalining 15 foizidan oshadigan kreditga aytiladi. Bundan tashqari shuni 
ta'kidlash lozimki, bank uchun “Yirik” toifaga kiradigan va bir qarz oluvchiga 
beriladigan kreditlar summasini shu qarz oluvchining o'z mablag‘lari summasidan 
oshirmaslik tavsiya etiladi. “Yirik” kreditlarning jami summasiga to'g‘ri keladigan 
xatarning eng yuqori miqdori “Yirik” kreditlar jami miqdorining o'z mablag‘lari, 
ya'ni bank kapitali nisbati bilan aniqlanadi. Yirik kreditlarga nisbatan o'rnatilgan 
mazkur normativ xalqaro andozalardan kelib chiqqan holda o'rnatilgan.Masalan, 
Germaniyada ham yirik kreditlarning umumiy summasi uchun kapitalga nisbatan 8 
martalik limit belgilangan. Fransiyada bitta mijozga beriladigan kreditlar summasi 
bank aktsionerlik kapitalining 40 foizidan oshmasligi va yirik kreditlarning 
umumiy summasi bank kapitalining 8 barobaridan oshib ketmasligi lozim. 
Kreditlar ustidan joriy nazoratni amalga oshirishda ushbu operatsiyalar turli 
darajalarda ikkita holis mansabdor shaxs tomonidan tekshirilishi lozim.Avvalo 
joriy nazorat jarayoni ushbu mijozni kreditlashni amalga oshirgan yoki ushbu 
kreditni ishini yuritish topshirilgan bank xodimi tomonidan amalga oshirilishi 
lozim.Bundan tashqari, har bir kredit ishini ma'lum davriy oraliqlarda tahlil qilib 
borish, kredit operatsiyalarini amalga oshirib borish ustidan nazorat qilish 
topshirilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozim.Bunday ikki pog‘onali 
tizimda har ikkala pog‘onaning to'liq musaqilligini ta'minlash muhim ahamiyatga 
egadir va nazorat tizimidagi xodim kredit berish to'g‘risidagi qarorda ishtirok 
etmagan bo'lishi lozim.Nazoratni ikkinchi yo'nalishi bo'lgan mukammal nazoratni 
amalga oshirishda faqat tavakkalchilik darajasi yuqori bo'lgan ma'lum 
operatsiyalarni to'liq tahlil qilish uchun tanlab olish imkonini beruvchi mexanizm 


ishlab chiqish lozim.Bank xodimi o'zi kredit ishi bevosita yuritayotganligi sababli 
mijoz bilan doimiy ravishda munosabatda bo'ladi. Bu esa, yangi ma'lumotlarni 
olish imkoniyatini beradi, u mijozning kredit shartnomasi shartlariga rioya 
qilayotganligi va to'lov layoqatliligini baholash uchun katta imkoniyatga ega 
bo'ladi. Ayni vaqtda nazorat jarayoni mijoz bilan bevosita aloqada bo'lmagan shaxs 
tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Buning asosiy sababi 
shundaki, birinchidan, nazorat va tahlilni amalga oshirishda bank xodimi o'zining 
baholash xususidagi qarashlariga asoslanadi va eng muhimi bu baho uning mijoz 
bilan o'zaro shaxsiy munosabatlarining sub'ektiv ta'siri ostida bo'lmasligi kerak, 
bank xodimi mijoz bilan doimiy aloqada bo'lishi ular orasida shaxsiy 
munosabatlarni bo'lishiga qulay muhit yaratadi. Ikkinchidan, nazorat jarayoni bank 
xodimini to'g‘ri kredit qarori qabul qilish imkoniyatini beradi. Xolis tahlil ssudani 
berish to'g‘risidagi qarorni qabul qilishda bank xodimining holatini ob'ektivligini 
kafolatlash uchun zarurdir. 
Alohida kreditlar ustidan nazoratni amalga oshirish bilan bir katorda kredit 
portfeli sifatining ustidan umumiy nazorat o'rnatish lozimdir. Agar bank kredit 
berish xuquqiga eta bo'lgan bir nechta shu'balarga ega bo'lsa unda kreditlar 
to'g‘risidagi barcha ma'lumotlarni yig‘ib borish va ularni bosh ofisdan kredit 
boshqarmasiga takdim etish lozim. Umumlashtirilgan ma'lumotlar ushbu kredit 
boshqarmasi tomonidan tegishli boshqarmaga uzatiladi. Bosh ofisdagi kredit 
boshqarmasi olingan barcha ma'lumotlarni tahlil qilish va belgilangan limitlarga
rioya qilinishini ta'minlashi shart, chunki kredit portfelini tahlil qilish umumiy 
tendentsiyalarni aniqlash imkonini beradi. Agarda salbiy tendensiyalar va 
normativlarndan chetga chiqish aniqlansa, u holda bu chetga chiqishlar tezda tahlil 
qilishini va zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi lozim. 
Bunday chora-tadbirlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 

shubhali ssudalar bo'yicha asosiy qarzdorlik summasi va foizlarni 
undirish muddatini uzaytirilishi (prolongatsiya) o'rniga ularni undirish yuzasidan 
talabnoma taqdim qilish; 



kredit limitlari buzilishi hollari mavjud bo'lgan keskin sohalarga, 
qo'shimcha kredit berish jarayonini keskin ta'qiqlashni joriy qilish; 

kredit limitlarining o'sishini qayta ko'rib chiqish imkoniyatini tahlil 
qilish; 

kredit foiz stavkasini o'zgartirish. 
Kredit portfelida yuzaga kelgan tavvakalchiliklarni tahlil qilish bilan birga, 
berilgan kreditlar ustidan nazoratni amalga oshirish kredit portfelining foydalilik 
darajasini, ya'ni kredit operatsiyalarning samaradorligini kuzatib borish ham 
zarurdir. 
Bank 
kredit 
portfelida 
vujudga 
kelgan 
risklarni 
boshqarish 
instrumentlarining kredit talabnomalarini va mijoz haqidagi axborotni sifatli 
o'rganib chiqish kredit jarayonini tashkil etish uchun samarali axborot tizimini va 
nazoratini joriy etish, kreditlashtirish jarayonidagi subyektiv kamchiliklarni oldini 
olishga imkon yaratadi. Bank faoliyatining asosiy maqsadi kreditlarning hajmini 
emas, balki operatsiyalar daromadliligini oshirishdir. Bank infrastrukturasi va 
texnologiyalarining rivojlanishi bank kredit boshqarmalariga yuqorida qayd etib 
o'tilgan axborotlarini tez va aniq yig‘ishga imkon yaratib bermoqda. Har bir mijoz 
uning bankka takdim etgan talabnomasi tashqi axborotlar, bank kredit portfelini 
sifatli boshqarishga imkon beradi, shu bilan birga har bir bank tarkibida kreditlarni 
nazorat qiluvchi ichki nazorat bo'limi zarur. Ichki nazorat bo'limining asosiy 
maqsadi - tashkiliy tizimni, kreditlashtirish strukturasini va alohida tanlash asosida 
kreditlarni tekshirish va nazorat qilishdan iboratdir. Tashkiliy tizimda ishning 
sifatiga baho berish, kredit talabnomasini qisqa muddat ichida ko'rib chiqish, tahlil 
qilish, bu ishlarni bajarishda tasdiqlangan me'yoriy hujjatlarga amal qilish kabi 
ishlarning qanday olib borilishi va tahlili amalga oshiriladi. 
Hozirgi kunda xorijiy banklar amaliyotida ssudalar sifatini baholashda ikki 
asosiy mezon qo'llanilmoqda: ssudalar qaytishining ta'minlanish darajasi va 
oldingi berilgan ssudalarni so'ndirishning haqiqiy holati. Ushbu mezonlar kredit 
portfelini boshqarishning birinchi bosqichiga kiradi. Ssudalarning qaytarilishini 


ta'minlash nuqtai nazaridan, kreditlar risk darajalari bo'yicha uch guruhga 
ajratiladi: 
Birinchi guruh -“ta'minlangan ssudalar” deb nomlanib,ssuda qarziga teng 
qiymatga ega bo'lgan garov yoki hukumat va banklar bergan kafolat ta'minotiga 
ega bo'lgan ssudalar kiradi. 
Ikkinchi guruh - “etarli ta'minlanmagan ssudalar”- olingan kreditning bir 
qismini ta'minlaydi, ya'ni ta'minot ssuda hajmining 60%idan kam bo'lmagan 
qismini qoplaydi. 
Uchinchi guruh - “ta'minlanmagan ssudalar”.Bunday ssudalar yoki 
ta'minotga ega emas yoki ta'minotning real bahosi ssuda hajmining 60%idan kam. 
Tasniflashning ikkinchi mezoni oldin berilgan ssudalar so'ndirilishining 
haqiqiy holatini aks ettiradi. Bunga bog‘liq holda kreditlar 5 guruhga ajratiladi: 
1-muddatida qaytgan ssudalar; 
2-to'lash muddati 30 kungacha kechikkan ssudalar; 
3-to'lash muddati 30 kundan-60 kungacha kechikkan ssudalar; 
4-kechikish muddati 60 kundan 180 kungacha bo'lgan ssudalar; 
5-kechikish muddati 180 kundan oshgan ssudalar. 
Kredit portfelini boshqarishning ikkinchi bosqichi. 
Jahon amaliyotida ushbu bosqichda ssudalar sifat jihatdan tasniflanib, 
quyidagi riskguruhlariga ajratiladi: 
I RISK “Standart ssudalar” bo'lib, unga: 
1. 
Asosiy qarz o'z vaqtida va to'liq to'langan ssudalar 
2. 
Kechiktirish muddati 30 kundan oshmagan ssudalar. 
Bunday ssudalar uchun berilgan ssudalar hajmining 2%i miqdorida zahira 
tashkil etiladi. 
II RISK “Substandart ssudalar”: 
1. 
Kechiktirish 
muddati 
30 
kungacha 
bo'lgan, 
lekin 
yetarli 
ta'minlanmagan ssudalar. 


2. 
Muddati 30 kundan-60 kungacha kechikkan ssudalar. Ushbu guruh 
ssudalariga ehtimoliy yo'qotishlar uchun berilgan ssudalar hajmining 5%i 
miqdorida zahira ajratiladi. 
III RISK “Qoniqarsiz ssudalar”. Bunday ssudalar qatoriga quyidagilar 
kiradi: 
1. 
Kechiktirish muddati 30 kungacha bo'lgan va ta'minlanmagan 
ssudalar. 
2. 
Muddati 30 kundan-60 kungacha kechikkan va yetarli ta'minlanmagan 
ssudalar. Ushbu guruh ssudalariga ehtimoliy yo'qotishlar uchun berilgan ssudalar 
hajmining 30%i miqdorida zahira ajratiladi. 
IV RISK “Shubhali ssudalar”: 
1. 
Muddati 30 kundan-60 kungacha kechikkan va ta'minlanmagan 
ssudalar. 
2. 
Kechikish muddati 60 kundan 180 kungacha bo'lgan va yetarli 
ta'minlanmagan ssudalar. 
Bu guruh ssudalariga berilgan ssudalar hajmining 75%i miqdorida zahira 
ajratiladi. 
V RISK “Umidsiz ssudalar”. 
1. 
Kechikish muddati 60 kundan 180 kungacha bo'lgan va 
ta'minlanmagan ssudalar 
2. 
Kechikish muddati 180 kundan oshgan ssudalar. Bu guruh ssudalariga 
100% miqdorida zahira ajratiladi. 
Banklarning deyarli barchasi kreditlarni berayotganda taqdim qilinayotgan 
kredit risklarini har bir kredit bo'yicha sifat jihatdan tasniflaydilar. Har bir bankda 
reyting 
tizimining 
qo'llanishi 
bankka 
o'zining 
kredit 
portfeli 
riskini 
muvozanatlashtirishga va tekshiruvlarning birinchi navbatdagi yo'nalishlarini 
ishlab chiqishga imkon beradi.
Kredit portfelini boshqarishning uchinchi bosqichi. 
Bank tomonidan berilgan ssudalar har choraklik sanalar bilan balanslarda 
aks ettirib, ular guruhlarga ajratiladi. 


Kredit portfelini boshqarishning to'rtinchi bosqichi. 
Ushbu bosqichda bank kredit xodimlari tasniflangan ssudalar nuqtai 
nazaridan kredit portfeli strukturasini aniqlaydilar, ya'ni barcha ssudalarni bir 
guruhga jamlab, har bir guruh hajmi haqida ma'lumot yig‘adilar. 
Kredit portfelini boshqarishning beshinchi bosqichi. 
Bu bosqichda bank kredit portfelining risklilik darajasi aniqlanadi.Buning 
uchun har bir guruh bo'yicha kreditlar summasi riskka mos keluvchi foizga 
ko'paytiriladi. 
Misol: 
1-guruh..............1000.0;
2-guruh..............2500.0; 
3-guruh..............750.0;
4-guruh..............800.0; 
5-guruh..............1500.0 
Jami:……………..6550mln.so'm. 
Yuqoridagi har bir guruh ssudalari bo'yicha risk koeffitsientlaridan 
foydalanib, bir tijorat banki kredit portfelining jami riskini aniqlaymiz: 
(1000*2%)+(2500*5%)+(750*30%)+(800*75%)+(1500*100%)=2470 mln.so‘m. 
Mazkur kredit portfeli bo'yicha risklilik darajasi 2470 mln.so'mni tashkil etib, 
ushbu vaziyatda bank kredit portfeli sifatining yomonlashuviga olib keluvchi 
omillar tahlilini o'tqazish tavsiya etiladi. Beshinchi bosqichdagi bunday tahlil 
kredit portfelini boshqarishning oltinchi bosqichning mudarijasini tashkil 
etadi.Ko'rsatilgan omillar garov huquqi, kafolat yoki sug‘urtadan foydalanishda 
ssudani qaytarilish ta'minoti holati yomonlashganidek, qarz oluvchining moliyaviy 
ahvoli ham yomonlashgani (muddati kechiktirilgan ssudalar hajmining oshishi 
yokiso'ndirishning cho'zilishi) bilan bog‘liq bo'lishi mumkin. 
Kredit portfelini boshqarishning yettinchi bosqichida yetarli zahira fondlari 
shakllantiriladi va ushbu fond talab darajasida shakllantirilganligini auditorlar 
tasdiqlashi lozim. Muammoli aktivlar aniqlangach, bank ehtimoliy yo'qotishlarga 
qarshi adekvat zahiralar tashkil qiladi. 
Kredit portfelini boshqarishning sakkizinchi bosqichi xulosa qismi bo'lib, bu 
bosqichda 
bank 
menejerlari 
strukturasi 
yomonlashayotgan 
va 


murakkablashayotgan kredit portfelini va bunga sabab bo'layotgan salbiy omillarni 
ko'rib chiqadilar hamda istiqbolda bankning kredit siyosatiga qo'shimcha me'yorlar 
va tuzatishlar kiritishni belgilaydilar. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin