3.2. Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishni takomillashtirish
yo‘nalishlari
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini
yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo'yicha
Dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini
modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni
egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini
ta'minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha
maqsadli loyihalar o'z ifodasini topgan.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari tomonidan
berilayotgan kreditlarning ahamiyati nihoyat yuqoriligini inobatga olgan holda,
ushbu ajratilayotgan kreditlarning samaradorligini baholash va qaytishini
ta'minlash tijorat banklari zimmasiga zarur vazifalarni yuklashga olib kelmoqda.
Ma'lumki, hozirgi sharoitda tijorat banki tomonidan berilgan asosiy qarz summasi
va hisoblangan foizlarni o'z vaqtida qaytirishini kafolatlash uchun uzluksiz
amaliyotni nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunisi xarakterliki,
kreditni sifat jihatidan butun kredit operatsiyasi vaqti mobaynida kamdan kam
hollarda o'zgarmasdan qoladi. Mijozning moliyaviy imkoniyatlari iqtisodiyotning
holati, garov bahosi xilma-xil omillar ta'sirida doimiy ravishda o'zgarib turadi va
tabiiyki, kreditning sifatiga ta'sir qiladi. Berilgan kreditlar ustidan amalga
oshiriladigan nazorat jarayoni bizning fikrimizga quyidagi ikki asosiy yo'nalishni
o'z ichiga olishi kerak:
1.
Operativ ma'lumotlar asosida va ta'sir qiluvchi omillar ustidan
monitoringni kuchaytirish;
2.
Kredit operatsiyalarini hamda kredit portfelini kredit siyosatidan kelib
chiqqan holda to'liq va mukammal tahlil qilish ustidan monitoring kuchaytirish.
Bank kredit risklarini boshqarish usullarini sxema shaklida aks ettiradigan bo'lsak,
u quyidagi ko'rinishda bo'ladi.
Banklar faoliyatida muammoli kreditlar bilan ishlash tizimi juda ham
murakkab tizim bo'lib, uning amal qilishiga eng jiddiy ta'sir qiladigan omillardan
biri inson omili hisoblanadi. Chunki bunday kredit uchun mas'ul bo'lgan kredit
xodimi aynan u shug'ullanayotgan ssuda bilan muammolar yuzaga kelganida e'lon
qilmaydi. Tajriba shuni ko'rsatadiki,ko'pincha xodimlar yashirayotgan muammoli
ssudalar hatto, ular o'ylaganlaridan ham yomonroq halatni keltirib chiqaradi.
Quyidagi jadvalda tijorat banklarimizning kredit portfeli sifatini yaxshilash uchun
risklarni boshqarish va risk ehtimolini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan
yechimlar tasvirlangan. Ushbu tavsiyaalr tijorat banklari tomonidan qo‘llanilsa
kredit portfelida muammolarni oldini olgan bo‘ladi.
Banklar tomonidan kredit berish jarayonida vujudga kelgan risklarni
boshqarish va ularni oldini olish maqsadida limit tizimi ishlab chiqilgan. Bu limit
bankning har bir bo'linmasiga bir mijoz uchun ajratiladigan kredit limiti, yirik
kreditlar uchun limit, kredit muddati bo'yicha limit, barcha ajratiladigan
kreditlarning maksimal miqdori bo'yicha limitlar sifatida belgilanadi. Bundan
tashqari kredit riski diversifikatsiyasini hisobga olgan holda ham limitlar belgilash
maqsadga muvofiqdir.
|