XULOSA
“Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida banklarning
kredit portfelini
boshqarish va uni takomillashtirish masalalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi
yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:
-
tijorat banklarining kredit portfelini boshqarishni mohiyati hamda
kredit portfelini boshqarishda qanday mezonlardan foydalanish va qonunchilik
mexanizmi keltirib o‘tilgan;
-
kredit portfelini sifat jihatdan boshqarish va mijozlarning reytingini
baholash kabi nazariy ma’lumotlar hamda xorij tajribasida ushbu jarayon qanday
amalga oshirilishi yoritilgan.Muammoli kreditlarni bartaraf etish yo'llari turli
mamlakatlarda ularning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.
Bizda muammoli
kreditlarni bartaraf etishnig bir qancha yo'llari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy
etilgan. Xorij amaliyotidan ham foydalanilgan. Lekin xorij tajribasi har doim ham
ideal bo'lavermasligini bugun jahonda yuz berayotgan moliyaviy inqirozning o'zi
isbotlab turibdi. Shuni hisobga olib, banklarimiz mahalliy bozor xususiyatlarini,
fuqarolar saviyasini va boshqa qator xususiyatlarni hisobga olgan holda tijorat
banklarining muammoli kreditlar bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirishlari
lozim;
-
respublikamiz tijorat banklarida kredit ajratish jarayoni yaxshi tashkil
qilingan, ammo kredit portfeli diversifikatsiyasiga yetarli darajada e’tibor
qaratilmagan va kreditlar bir tarmoqga yig‘ilib qolgan.
Respublika miqyosida
kredit sanoat va boshqa yirik tarmoqlarda to‘planib qolgan. Bu albatta, juda yomon
holat emas, ammo ushbu tarmoqlarda pasayish holati kuzatilsa, bu tijorat
banklariga ham salbiy ta’sir qiladi. Yana shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, kredit
portfeli tarkibida muammoli kreditlarning oshib ketishi muomaladan pul
mablag‘larining rezervga to‘planib qolishiga olib keladi.
-
Biz tahlil qilgan tijorat bankida ham kredit portfeli tarkibida bir
tarmoqga yo‘naltirilgan kreditlar miqdori yuqori. Mazkur
tijorat bankida kredit
portfeli diversifikatsiyasiyetarli darajada tashkil qilinsa, bank faoliyatida
muammolar bo‘lmaydi va kredit portfeli tarkibida muammoli kreditlar miqdori
kamayadi;
-
kredit portfelini boshqarishda xorij tajribasi muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunki rivojlangan mamlakatlarning bank tizimi o‘ziga xos hisoblanadi.
Shuni inobatga olgan holda bizning bank faoliyatiga xorij tajribasini qo‘llashdan
oldin mamlakatimiz bank tizimi va xorij mamlakatlari bank tizimini o‘xshash
jihatlarini o‘rganib chiqish masqadga muvofiq jarayon bo‘ladi.
Chunki xorij
tajribasini to‘laligicha qo‘llash salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida
o‘rganilgan;
-
xorij banklarini faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ular turli
xildagi aktiv opertasiyalarni amalga oshiradi. Bizda esa tubdan farq qiladi. Farqi
shundaki, banklarimizning asosiy aktiv operatsiyasi – bu kredit operatsiyasi
hisoblanadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, banklarning
aktivlari tarkibida
mijozlarga ajratilgan kreditlar hajmi 60 %ga yaqin tashkil qilmoqda.
Banklarimizning asosiy daromad keltiradigan faoliyati kredit bo‘lib qolmoqda. Bu
degani banklar faqat kreditga bog‘lanib qolganini isbotlab turibdi. Banklar uchun
kredit hajmining oshishi unchalik yomon holat emas, lekin kredit portfelini
diversifikatsiyasi yetarli darajada tashkil qilinmagan. Bu albatta, ichki va tashqi
omillar natijasida hamda bizning bank tizimimiz hali juda yosh ekanligidadir.
Kelajakda banklarimiz, albatta, jahon banklari bilan raqobatlasha oladigan yetakchi
tashkilot sifatida e’tirof etiladi.
Qilingan xulosalar asosida bitiruv malakaviy
ish obyekti va predmeti
bo‘yicha quyidagi takliflar berildi:
1.
Tijorat banklarining kredit portfelini, birinchi navbatda mijozlarning
tarmoq xususiyatiga ko'ra diversifikatsiyalashning lozimligi asoslab berildi.
2.
Respublikamizning
barcha
banklarida
kreditlash
shakllaridan
to'laqonli tarzda foydalanishni yo'lga qo'yish lozim.
3.
Mamlakatimizning yirik tijorat banklaning yirik kreditlar berish
imkoniyatini oshirish lozimligi asoslab berildi.
4.
Tijorat bankining ta'minlanmagan, ya'ni ishonchli kreditlari miqdorini
oshirish lozim. Hozirgi kunda garovli kreditlar berish banklarning kredit
siyosatidagi ustuvor yo'nalish hisoblanadi. Garovli kreditlar
berish xalqaro bank
amaliyotida qoloq, eskirgan usul hisoblanadi. Chunki garovli baholash,
rasmiylashtirish, saqlash sezilarli miqdordagi xarajatlarni va ortiqcha tashvishni
yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, bank kreditlarining foiz stavkalarini pastroq
darajada belgilashga asos bo'ladi.
5.
Balans
shaffofligini
ta'minlash
maqsadida
muddati
o'tgan
kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog‘ini kamaytirib borish kerak.
Xalqaro bank amaliyotida ushbu ko'rsatkichning yo'l qo'yish mumkin bo'lgan
chegaraviy darajasi 5 foizni tashkil etadi. Shuning
uchun ham Germaniya va
Frantsiyaning yirik tijorat banklarida muddati o'tgan kreditlarning brutto kreditlar
hajmidagi salmog‘i 5 foizga yetishi bilan, ularning 2,5-3 foizi bankning balansidan
chiqariladi.
O‘ylaymizki, bu takliflar tijorat banklari kredit portfelini boshqarishni yo‘lga
qo‘yish va takomillashtirishda hamda kredit portfeli tarkibidagi muammoli
kreditlarni kamaytirish va oldini olishga xizmat qiladi.